Get Mystery Box with random crypto!

#OAV_biz_haqimizda Maktabgacha ta’lim tizimida Steam ta’limi | Мактабгача таълим

#OAV_biz_haqimizda

Maktabgacha ta’lim tizimida Steam ta’limining ahamiyati

STEAM bu nima? — S — science, T — technology, E — engineering, A — art va M — math. Ingliz tilida bu shunday bo’ladi: tabiiy fanlar, texnologiya, muhandislik, san’at va matematika.
Ushbu yo’nalishlar zamonaviy dunyoda eng mashhur bo’lib kelayotganini unutmang. Shuning uchun bugungi kunda STEAM tizimi asosiy tendensiyalardan biri sifatida rivojlanmoqda.

STEAM ta’limi yo’nalishi va amaliy yondashuvni qo’llash, shuningdek, barcha beshta sohani yagona ta’lim tizimiga integratsiyalashuviga asoslangandir.

Uning asosiy g’oyasi shundan iboratki, amaliyot nazariy bilimlar singari muhimdir. Ya’ni, o’rganish paytida biz nafaqat miyamiz bilan, balki qo’limiz bilan ham ishlashimiz kerak.
STEAM yondashuvining asosiy farqi shundaki, bolalar turli xil mavzularni muvaffaqiyatli o’rganish uchun ham miyani, ham qo’llarini ishlatadilar. Ular olgan bilimlarni o’zlari "uqib oladilar".

Манба: mdo.uz


Бизга қўшилинг
@maktabgacha_talim