Get Mystery Box with random crypto!

#diqqat_qiling #ota_onalar_diqqatiga DIQQAT! Ayni kunlar | Мактабгача таълим

#diqqat_qiling
#ota_onalar_diqqatiga

DIQQAT!
Ayni kunlarda bog'cha uchun ota-ona badal to'lovi ko'tarilgani haqidagi xabarlar tarqalmoqda. Shuni ma'lum qilamizki, ota-ona badal to'lovi ko'tarilgani yo'q.

Diqqat bilan o'qing

Avval
xabar qilganimizdek, davlatimiz rahbarining 2022-yil 30-dekabrdagi PF-287-son Farmoniga asosan, viloyat hududlari 5 ta toifaga ajratildi.

Mazkur toifalanishga asoslangan holda, bog'cha uchun to'lanadigan ota-ona badal to'lovida ham foiz ko'rsatgichlari belgilandi.

Ya'ni, bunda hudud qaysi toifaga kiritilgan bo'lsa, bog'cha uchun to'lanadigan ota-ona badal to'lovi ham shunga asosan hisoblanadi.

Misol uchun, sizning hududingiz ayni vaqtda 3-toifaga kiritilgan bo'lsa, siz yuqoridagi ro'yxatga binoan to'lovning necha foizini to'lashingizni belgilab olasiz.

Shuni ta'kidlash lozimki, toifalanishdan oldin ko'pgina hududlar uchun ota-ona badal to'lovi belgilan summaning 50% i etib belgilangan edi, ammo endilikda toifalanish ko'rsatilgach, mazkur foizlar aniq belgilab berildi.

Misol uchun, siz ota-ona badal to'lovini hududingizda belgilangan tartibga asosan 50% to'lab kelgan bo'lsangiz, toifalanishda hududingiz 2-toifaga kiritilgan bo'lsa, siz 70 % yoki 100 % lik ota-ona badal to'lovini to'laysiz. Bu esa narxning ko'tarilganligini anglatmaydi.

Yuqoridagi ro'yxatda ota-ona badal to'lovining 100 %lik narxlari hamda, hududlarning toifalanish jadvali ko'rsatilgan.

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube