Get Mystery Box with random crypto!

Farg'ona shahar 12-o'rta ta'lim maktabida tashkil etilgan “G‘u | Farg'onashXTB 12-maktab

Farg'ona shahar 12-o'rta ta'lim maktabida tashkil etilgan “G‘uncha” nomli yozgi sog‘lomlashtirish markazida 2022-yil 23-iyun kuni o‘quvchilar kutib olindi. Bunda 36 nafar o‘quvchilar mashg‘ulotlarda qatnashdi. Subhidam badantarbiya mashqlari o‘tkazildi. So‘ngra o‘quvchilar turli xil sport o‘yinlari o‘ynadilar.
“Yosh ijodkorlar” to‘garagi rahbari M.Tojaliyeva tomonidan to‘garak mashg‘uloti o‘tkazildi. Mashg‘ulot davomida o‘quvchilar rangli qog‘ozlardan turli xil gullar yasashni o‘rgandilar. So'ngra “Tabassum” to‘garagi rahbari O.Xonazarova tomonidan to‘garak mashg‘uloti o‘tkazildi. Bundan tashqari Madaniyat markazi xodimi Ismoilov Yashin Abdullayevich o‘quvchilarga o‘zbek xalq cholg‘ularidan rubob haqida tushuncha berdi va ularga rubob chalishni o‘rgatdi. Markaz o‘quvchilarini to‘garak rahbarlari tomonidan cho‘milish suv havzasiga olib borildi. U yerda o‘quvchilar mazza qilib cho‘mildilar.
12-00 da o‘quvchilar uylariga kuzatildi.