Get Mystery Box with random crypto!

Farg'ona shahar 12-o'rta ta'lim maktabida 2022-yil 16-iyun kun | Farg'onashXTB 12-maktab

Farg'ona shahar 12-o'rta ta'lim maktabida 2022-yil 16-iyun kuni maktabda tashkil etilgan “G‘uncha” nomli yozgi sog‘lomlashtirish markazida o‘quvchilar kutib olindi. Bunda 40 nafar o‘quvchilar mashg‘ulotlarda qatnashdi va subhidam badantarbiya mashqlari o‘tkazildi. So‘ngra o‘quvchilar turli xil sport o‘yinlari o‘ynadilar.
Shundan so'ng “Tabassum” to‘garagi rahbari O.Xonazarova tomonidan to‘garak mashg‘uloti o‘tkazildi. So'ngra maktab psixologi N.Soliyeva tomonidan trening mashg'uloti o'tkazildi. Markaz o‘quvchilari to'garak rahbarlari tomonidan cho'milish suv havzasiga olib borildi. U yerda o'quvchilar mazza qilib cho'mildilar.
12-00 da o‘quvchilar uylariga kuzatildi.