Get Mystery Box with random crypto!

“Shomurodov – «Jenoa”ning yaxshi kelajakka boʻlgan soʻnggi umi | 41-MAKTAB SHO‘RCHI TUMANI JOYILMA| STAY HOME!

“Shomurodov – «Jenoa”ning yaxshi kelajakka boʻlgan soʻnggi umidi»

Italiyaning eng nufuzli sport nashri La Gazzetta dello Sport “Jenoa”ning oʻzbekistonlik forvardi Eldor Shomurodov haqida maqola chop etdi.

“Shomurodov — ijtimoiy tarmoqlarda qahramon va «Jenoa”ning yaxshi kelajakka boʻlgan soʻnggi umidi. Ushbu gigant hujumchi yarim mavsumdayoq yangi jamoasida oʻz oʻrniga ega boʻldi hamda foydali oʻyini bilan oʻziga sarflangan transfer investitsiyani oqlashda davom etmoqda. Genuyaga boshqa dunyodan kelgan yigit “Jenoa”ning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida juda katta muxlislar auditoriyasini toʻplay oldi.

Hozirgi “Jenoa” A Seriyada oʻzini koʻrsatish uchun yaxshi imkoniyatga ega va bundan Eldor foydalanib qolmoqda. U oʻziga xos oʻyin uslubiga ega, harakatda juda tez oʻzgaruvchan va toʻpni ham yaxshi nazorat qila oladi. Ballardini aytganidek: “Eldor chindanam yaxshi futbolchi, u son va sifatga ega kamyob oʻyinchilardan biri. Ammo biz bu haqda uning oʻziga aytmay turamiz”, – deyiladi La Gazzetta dello Sport nashridagi maqolada.

Eslatib oʻtamiz, TuttoSport nashri Eldor Shomurodov A Seriyaning amaldagi chempioni “Yuventus” safiga oʻtishi mumkinligi haqida xabar bergandi. Nashrda qayd etilishicha, Turin klubi sport direktori Fabio Paratichi jamoa safida ijara asosida toʻp surayotgan Alvaro Morata oʻrniga Shomurodov nomzodiga qiziqqan. “Jenoa” prezidenti Enriko Pretsiozi esa “Yuve” rahbariyati bilan yaxshi aloqada ekanligiga qaramay, oʻzbekistonlik forvardni mavsum yakunigacha hech qayerga qoʻyib yubormoqchi emas.

Maʼlumot uchun, oʻzbekistonlik 25 yoshli forvard oʻtgan mavsumda “Rostov”dan “Jenoa”ga 7,5 million yevro evaziga oʻtgandi. Eldor Italiya A Seriyasi joriy mavsumida 11 oʻyinda maydonga tushib, 2 ta gol va 2 ta assistga mualliflik qilgan. 25 yoshli forvard soʻnggi uch oʻyinda jamoasining eng yaxshi oʻyinchisiga aylandi. Futbolchining genuyaliklar bilan amaldagi shartnomasi 2025-yilga qadar imzolangan.

Telegram l Facebook l Twitter l Youtube l Instagram l Odnoklassniki