Get Mystery Box with random crypto!

Ikki va undan ortiq farzandi oliy oʻquv yurtida shartnoma asos | 41-MAKTAB SHO‘RCHI TUMANI JOYILMA| STAY HOME!

Ikki va undan ortiq farzandi oliy oʻquv yurtida shartnoma asosida oʻqiyotgan oilalarga imtiyozli taʼlim krediti berish yoʻlga qoʻyiladi

Bu haqda Shavkat Mirziyoyev Oʻzbekiston yoshlari forumidagi nutqi davomida maʼlum qildi.

2021-yildan boshlab oʻquvchilar va talabalarning eng yaxshi innovatsion hamda startap loyihalariga 50 milliard soʻm mablagʻ yoʻnaltiriladi.

Yoshlarga xalqaro IT sertifikatini olish xarajatlarining 50 foizgacha boʻlgan qismi qoplab beriladi. Yaqin ikki yilda “Bir million dasturchi” loyihasi doirasida 300 ming nafar yoshlar kompyuter dasturlash asoslariga bepul oʻqitiladi.

Shuningdek, kelgusi oʻquv yilidan boshlab respublikadagi xorijiy oliy oʻquv yurtlarining bakalavriat bosqichi talabalari uchun ham Prezident va davlat stipendiyalari joriy etiladi.

@Shurchi_yangiliklar