Get Mystery Box with random crypto!

USTAMA BO‘YICHA 3-BO‘LIM. TANLOV VA BOSHQA TADBIRLARDA BOSHLA | MAKTAB️

USTAMA BO‘YICHA

3-BO‘LIM. TANLOV VA BOSHQA TADBIRLARDA BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINING ISHTIROKI


Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining maktab miqyosidagi tanlov va boshqa tadbirlardagi ishtiroki natijalari asosida baholanadi. Ushbu bo’lim uchun boshlang’ich sinf o’qituvchisiga maksimal 30 ball beriladi.

MMTV ning 2024-yil 14-fevraldagi 03-01/14-623-sonli xatiga asosan maktab direktori buyrug‘i bilan maktab miqiyosida o‘tkazilgan tanlov va boshqa tadbirlar hisobga olinishi yozilgan, lekin aynan qaysi tanlov va tadbirlar o‘tkazishi kerakligi yozilmagan.

Shuni tavsiya qilamizki, tanlov va boshqa tadbirlar o‘tkazishda maktab direktori tomonidan buyruq chiqarilishi va buyruqqa tanlovni o‘tkazish mezoni va hakamlar hay’ati ro‘yxati ilova qilinishi kerak. Tanlov va tadbir o‘tgandan so‘ng hakamlar hay’ati qarori chiqariladi va shu qarordan ko‘chirma ustama fayiliga solinadi. Ushbu tadbirlarda o‘quvchilar to‘plashi mumkin bo‘lgan ballning ulushiga nisbatan foizlari aniqlab olinadi.

Ushbu band uchun o‘qituvchi tomonidan ishchi guruhga asoslovchi hujjat taqdim etilmaydi. Ushbu band uchun o‘tkazilgan tadbirlar, maktab miqyosida o‘tkazilgan bo‘lsa kifoya. Tuman, shahar miqyosidagi tadbirlar bo‘lishi shart emas. Asos sifatida faqatgina maktabda o‘tkazilgan tadbirning hakamlar hay’ati qaroridan ko‘chirmasining o‘zi yetarli.

Shuni ham unutmaslik kerakki, ushbu tadbirlarni maktabda haqiyqatda o‘tkazilganligi to‘g‘risida maktabning buyrug‘i, hakamlar hay’atining ro‘yxati, tadbir bayonnomalari, baholash mezonlari maktabning ichki hujjatlarida bo‘lishi kerakdir.

Qolgan bo‘limlar haqida kelgusi postlarimizda ma’lumot beramiz.

Oylik bot

Kanalimizga obuna bo‘ling!

https://t.me/maktab_e