Get Mystery Box with random crypto!

Maktablarda vatanparvarlik sinflari tashkil etiladi Endilikda | MAKTAB️

Maktablarda vatanparvarlik sinflari tashkil etiladi

Endilikda O'zbеkistonda har bir maktabning 9-sinfidan boshlab bittadan «Yosh gvardiyachilar» vatanparvarlik sinflari tashkil etiladi. Bu haqda Milliy gvardiya axborot xizmati rahbari Davron Jumanazarov ma'lum qildi.

Maqsad – yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash

Uning bildirishicha, o'quvchi yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan chora tadbirlar doirasida Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligining “Umumiy o'rta ta'lim maktablarida «Yosh gvardiyachilar» ixtisoslashtirilgan sinflari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to'g'risida”gi qo'shma qarori tayyorlandi.

56 ta maktabda sinflar mavjud edi

Shu kunga qadar Milliy gvardiya tasarrufida Rеspublika bo'ylab har bir viloyatda 4 tadan maktablarda jami 56 ta maktablarda 265 ta «Yosh gvardiyachilar» sinflari mavjud bo'lgan. Endilikda qarorga asosan har-bir maktabda bittadan «Yosh gvardiyachilar» vatanparvarlik sinflari tashkil etiladi

Ikki bosqich

Bu ikki bosqichda amalga oshiriladi:
birinchi bosqichda — 2024/2025-o'quv yilida 2 530 ta

ikkinchi bosqichda — 2025/2026-o'quv yilida 2 536 ta maktabda harbiy vatanparvarlik sinflari o'z faoliyatini boshlaydi.

Oylik bot

Kanalimizga obuna bo‘ling!

https://t.me/maktab_e