Get Mystery Box with random crypto!

USTAMA + ISH TAJRIBALARNI OMMALASHTRISH Bizga ma’lumki pedago | MAKTAB️

USTAMA + ISH TAJRIBALARNI OMMALASHTRISH

Bizga ma’lumki pedagoglar ustama olishlari uchun yetarlicha ball to‘plashlari kerak. Bunda ish tajribalarini ommalashtirilganligi uchun ball berilishi haqida barchamiz yaxshi bilamiz.

Agar ish tajriba maktab miqiyosida ommalashsa 7 ball, tuman miqiyosida ommalashsa 10 ball, viloyatda 12 ball, respublikada 15 ball beriladi.

Biz bilishimiz kerak bo‘lgan narsa shuki, ommalashtirishga tavsiya etilayotgan metodik ish ommalshshtrish.uz platformasiga joylanishi zarur. (maktab miqiyosida ommalashtirilgan ish bo‘lsa ham) Shunda, ustamaga ball hisoblanayotganda maktab miqiyosida ommalashtirilgan ish uchun 7 ball beriladi.

Shunday ekan, pedagoglar ommalashtirmoqchi bo‘lgan metodik ishlarini avval maktab miqiyosida ommalashtirishlari va tegishli pedagogik kengash qarori bilan ommalashtrish.uz platformasiga joylashlari kerakligini eslatib o‘tmoqchimiz.

Ommalashtirishga tavsiya etiladigan metodik ishdan na’munani ushbu havoladan topishingiz mumkin.

Oylik bot

Kanalimizga obuna bo‘ling!

https://t.me/maktab_e