Get Mystery Box with random crypto!

Respublika bolalar kutubxonasi qishki ta’tilda maktab o‘quvchi | ️ 36-Maktab Rasmiy kanal




Respublika bolalar kutubxonasi qishki ta’tilda maktab o‘quvchilarining bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, yosh avlodda xalq og‘zaki ijodiga nisbatan qiziqishni shakllantirish, ularda og‘zak va yozma nutqni rivojlantirib, intellektual qobiliyatlarini rivojlantirish maqsadida 5-yanvardan 10-yanvarga qadar (shu kuni ham) “Men eshitgan ertaklar” ko‘rik-tanlovini e’lon qiladi!

Tanlov shartlari bilan quyidagi nizom orqali tanishing!

Qadrli kitobxon o‘quvchilar! O‘z ijodiy ishlaringizni quyidagi adminlarga yuborishingiz so‘raladi! @Farangiz_Yusupova va @RBKFeruza

Tanlov uchun yuborilgan ijodiy ishlar Respublika bolalar kutubxonasining telegramdagi Yosh kitobxonlar sahifasida e’lon qilib boriladi.

Ushbu ko‘rik-tanlovda faol ishtirok eting va g‘oliblikni qo‘lga kiritib, Respublika bolalar kutubxonasining esdalik sovg‘alariga ega bo‘ling!

Respublika bolalar kutubxonasi Axborot xizmati

Telegram|You tube|Facebook|Instagram|Web site