Get Mystery Box with random crypto!

Biz tarjima qilgan navbatdagi kitob sotuvda “Azbobooks” loyih | Salomov.uz

Biz tarjima qilgan navbatdagi kitob sotuvda

“Azbobooks” loyihasi buyurtmasi bilan “Alibaba: Jek Ma bunyod etgan maskan (Alibaba: The House That Jack Ma Built)” kitobini oʻzbek tiliga tarjima qilgan edik.

Kitob sotuvga chiqibdi.

Kitob oliygohni moliyaviy qiyinchiliklar bilan bitirgan oddiy ingliz tili oʻqituvchisining (Jek Ma) qanday qilib dunyoning eng qimmat kompaniyalaridan birini yaratgani va jahon iqtisodiyotini oʻzgartirib yuborgani haqida hikoya qiladi.

Kitobni oʻqir ekansiz, Jek Ma zamonaviy dunyoda insonning muvaffaqiyatga erishishida zarur boʻlgan xislatlarning aksariyatini oʻzida jamlaganiga guvoh boʻlasiz:
– Kuchli iroda, maqsad va maslakka ega boʻlish;
– Tap tortmas, dangal va hatto, ayrim oʻrinlarda “surbet” boʻlish;
– Insonlarni qanday boʻlmasin oʻziga ishontirish va ruhlantirish;
– Mohir notiq boʻlish;
– Turli vaziyatlardan mohirona va “shafqatsizlarcha” foydalanish va h.k.

Shuningdek, Jek Ma inson biror sohada muvaffaqiyatli boʻlish, shu sohaning magnati, milliarderi boʻlish uchun bu soha haqida toʻla bilimga ega boʻlish shart emasligini ham isbotlaydi.

Kitobni oʻqishni tavsiya qilaman.

Tarjimonlar: Maqsud Salomov va Gulsanam Roziqova
Muqova: Yumshoq
Hajmi: 400 bet
Narxi: 45000 soʻm

Buyurtma uchun:

Telefon:
+998555000207
+998994817100

Telegram: @azboboooks

Yetkazib berish xizmati mavjud.