Get Mystery Box with random crypto!

Janubiy Koreyada hojatxonadan foydalanganlarga pul toʻlay bosh | Salomov.uz

Janubiy Koreyada hojatxonadan foydalanganlarga pul toʻlay boshlashdi

Janubiy Koreyadagi Ulsan milliy fan va texnologiya instituti professori Cho Je Veo inson axlatini biogaz va ogʻitga aylantiradigan hojatxona ishlab chiqibdi – BeeVi hojatxona. Bu hojatxonadan foydalanganlarga axlati uchun elektron pul (Ggool) toʻlanyapti ekan.

Hojatxona mexanizmi axlatni metan gaziga aylantiradi, gaz esa universitet binosi uchun energiya manbasi boʻlib xizmat qiladi.

Hojatxonadan foydalanuvchi talaba kuniga 10 Ggool ishlab olishi va yigʻilgan elektron pullariga kofe, nudl, meva yoki kitoblar xarid qilishi mumkin. Ggoollarni maxsus QR kod orqali telefonga yigʻib borish mumkin.

Bir kishi kuniga oʻrtacha 500 gramm axlat ishlab chiqaradi, bu 50 litr metan gazi degani. 50 litr metandan esa 0,5 kilovat elektr energiyasi ishlab chiqarilishi yoki avtomobilni 1,2 km masofaga haydash uchun foydalanilishi mumkin.

Bu xabarni oʻqib, Oʻzbekistondagi pul toʻlab kiriladigan jamoat hojatxonalari xayolimga keldi. Ayniqsa, bir shahardan ikkinchiga taksida borayotganda yonilgʻi quyish shoxobchalari yaqinidagi hojatxonalar: ayrimlari shu qadar iflos, badboʻy va yoqimsizki, eng soʻnggi chora sifatidagina kiradi odam.

Kanalga ulanish
https://t.me/joinchat/AAAAAETrlaE07H9TL5zUPQ