Get Mystery Box with random crypto!

​​Bismillahir rohmanir rohiym. Kecha aytganimku islom g‘olib b | 𝑴𝒂𝑲𝒏𝑼𝒏'𝒔 𝑫𝒊𝒂𝒓𝒚

​​Bismillahir rohmanir rohiym.
Kecha aytganimku islom g‘olib bo‘ldi, deb. Islom dini payg‘ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vassallam vahiyni ko‘tarib chiqishidan g‘olib bo‘ldi. Eskicha deydiya odamlar dinni. Telekanallar brifingni jonli efirda namoyish etdi. Eskicha domla chiqib, Allohga chaqirdi. Bu balo qayerdan kelganini va tezroq ketishi uchun, Quron va sunnatga amal qilish kerakligini uqtirdi.Hammani kuni yana eskichaga qoldi. Odamlar siz bilan men eskirganmiz. Eskirib, shaltog‘imiz chiqib ketgan. Din eskirmaydi. Bir paytlar Dohiy Stalin, Xudosizlikni hammaga yoymoqchi bo‘lgan Stalin ikkinchi jahon urushida masjidlarni ochib bergan. O‘tgan yili '' Oltin Kabutar '' tanlovi bo‘ldi. Azontv'ning " Yo‘lovchi " ko‘rsatuvi qolgan barcha ko‘rsatuvlardan ikki, uch barobar ko‘p ovoz to‘pladi. Keyin ovoz berishning ikkinchi bosqichini yashirin qilib qo‘yishdi. Ovoz berasanu ko‘rolmaysan. Shundayam ikki uch barobar farq. Lekin nimgadir uchinchi ovoz berish bosqichida birdan hamma My5 ning allaqaysi ko‘rsatuviga ovoz berib yuborishdi. Buni qaraya, tanlov tugashiga ozgina qolganda birdan hammani fikri o‘zgarib ketsaya! Birinchi o‘rinni olgan ko‘rsatuv efirga chiqishi kerak edi. Hammamiz xoxlagandik " Yo‘lovchi" efirda ko‘rishni. Azonchilar uchinchi o‘rin bilan kifoyalanishdi. Mana hozir o‘zlari chiqib " Sizlar xalqqa yetkazinglar" deb iltimos qilishmoqda ahli ilmlardan. Alloh o‘z ishida g‘olibdir. Birodarlar, Dohiy, Xudo yo‘q deganlaram ishi tushganda Allohga yalinishdi. Alloh taolo qodir zot, hali hammani "Ey Robbim" deydigan qiladi. Vaholanki Alloh taolo bu narsalardan pokdir. Unga kerak emas bizning yalinishimiz, qullik qilishimiz. Bizga kerak bu narsalar. Alloh taolo butun olamlardan bexojat bo‘lgan zotdir. Men Xudoman degan Firavn ham oxiri " Men Musoni (alayhissalom) Robbisiga iymon keltirdim" degan. Shak shubxa yo‘q, Islom g‘olib bo‘ldi. Odamlar, biz faqat Allohga qaytibgina najot topamiz. Allohdan o‘zga iloh yo‘q. Faqat o‘zi bordir. Albatta u mo‘minlarni g‘olib qildi. Allohumma solli a'la sayyidina Muhammad. Assalomu alaykum va rahmatullohi va barokatuh!

@maknunsdiary