Get Mystery Box with random crypto!

Qo‘lingda telefon. Internetni yoqasan. Telegram, facebook, twi | 𝑴𝒂𝑲𝒏𝑼𝒏'𝒔 𝑫𝒊𝒂𝒓𝒚

Qo‘lingda telefon. Internetni yoqasan. Telegram, facebook, twitter... Bir-biridan qo‘rqinchli gaplar. Katta katta bloggerlarning qo‘rqinchli xulosalari-yu, berayotgan ma'lumotlari. Daxshatli faktlar... Uchiga chiqqan vijdonsizlarcha hukumatimizning beragotgan yolg‘on raqamlari...

Facebook, Twitterga kirib, toshkentliklarni o‘qiy boshlaysan. Uje odamlar daxshatga tushib qolgan. O‘zing uchun o‘l yetim bo‘lib yotibdi. Kechasi daryo.uz da qo‘rqinchli video va xulosalar. Kislorodi tugayotgan bemorlar... Jigarimga kislorod sotib olaman, deb yurgan qorako‘zlar... 15 daqiqa o‘tmay huddi shu maqolani izlasang 404... Bu nima degani? Bu yeding degani uka. O‘chirib tashladi. Yo qo‘rqdi. Yo peshonasiga otamdan qolgan qo‘shotar tiraldi... Ertalab qarasang yana paydo bo‘lib qolgan shu maqola... Ajab ishlar bo‘lyapti! Odamlar o‘lmoqda. Viloyat hokimlari bezbetlarcha statistikani nolga tenglashda davom etmoqda. Byudjet mablag‘lari to‘xtovsiz talanmoqda. Xalq soliq to‘laydi " U " lar talayveradi. SSSR dan qolgan chirkin yodgorlik. Chirib bitgan hukumat. Anu kuni prizident majlisda hammasini so‘kdida. Keyin boshlandi hammasi. Yolg‘on raqamlar. Hatto @koronavirusinfouz bilan @daryo vafot etganlarni sonini ikki xil raqam bilan bermoqda. Jigar, odamlar o‘lmoqda. Jasadlar berilmayapti. Jigar, odamlarga havo yetmayapti. Sotib olisholmayapti. Jigar, odamlar o‘zlarini davolashmoqda.Covid19 ga Test topshirsang, natijasi chiqquncha o‘lib qolyapsan. " Keyin esa uyda davolangani uchun... " deb tuhmat qilishmoqda. Pul yo‘qmish jigar, eshityapsanmi pul! Ota-bobolarimizdan qolgan boyliklar qani? Ochko‘z rus tugatolmagan boyliklar qani? Jigar, ular televizordan pryamoy efirga chiqvolib o‘zlarini yolg‘onlariga ko‘milib o‘tiribdi. Axir hamma, yosh bolalar ko‘rib, bilib turgan mamlakatdagi fojeani, nahot tepakal " Lattalar, Kattalar " ko‘rolmaydi...

Og‘ir...
Bularni aytmoq, tan olmoq og‘ir...

Jigar, gapirsam gap ko‘p. Senga aytar so‘zim shu: Allohdan o‘zga iloh yo‘q. U yagona. Biz uning qullarimiz. Unga yalinaylik! Undan so‘raylik, jigar, qo‘y bu razil hukumatni. Kech hammasidan.

Odamlar, o‘zingizni asrang. Duo qiling. Ibodat qiling. Biz uchun hozir ham, oldin ham, keyin ham faqat Alloh bor. U bizga rahmli bo‘lgan zotdir. Har qanday himoya sabablarini maksimal ushlang birodarlar. Allohga omonatsiz...

@maknunsdiary