Get Mystery Box with random crypto!

Hech o‘ylab ko‘rganmisiz, besh yil oldin nimalarni orzu qilgan | 𝑴𝒂𝑲𝒏𝑼𝒏'𝒔 𝑫𝒊𝒂𝒓𝒚

Hech o‘ylab ko‘rganmisiz, besh yil oldin nimalarni orzu qilgansizu hozir sizda qaysi biri bor? Ana shu besh yil oldingi orzularni ro‘yobga chiqarish uchun nimalar qildingiz? Nimalarga ahamiyat bermadingiz? Nima topdingiz-u nimalarni yo‘qotdingiz? Kimlar sizni tark etdi? Siz kimlarni tark etdingiz? Nimalardan voz kechishga to‘g‘ri keldi?


Savollarga cheksizlik sari elta boshlaydi. Bu savollarni o‘ziga bera boshlagan odam tabiiyki o‘zidan hech narsa topolmaydi. Bo‘lmasmchi!? Axir inson doim noshukr bo‘lganda. O‘zi nima qildik bugunimiz uchun? Biz tinmasdan, tinim bilmasdan o‘z ustimizda ishladik, maqsadimiz tomon intildik, qo‘limizdagi bor imkoniyatni ishga soldigu omad bizdan yuz o‘girdimi? Na iloj. Allohning hoxishi shu. Hayot qonuni shunday ekan. Tinim bilmasdan kurashasan. Kurashishga majbursan. Yashashing kerak. Yashagandayam odam bo‘lib. Hozir hammamiz atrofimizga boqaylikchi kimni, kimlarni topar ekanmiz. Ertaga bundanda yomon ahvolda yana kimlar qolarkin? Yoki hammasi yaxshi bo‘lib ketganda kimlar paydo bo‘larkin. Ha jo‘ra yashashga majbursan. Seni yomon korishsayam, tuhmat qilishsayam, kibrli deyishsayam. Yolg‘iz qolsang ham. Seni hech kim tushunmasayam. Tushunishni istamasalar ham. Yashashga majbursan. Ko‘o‘o‘p o‘ylaysan. Har nimani o‘ylasan. Nogoh sen bilan hamisha Alloh birga bo‘lganini bilib qolasan. Qalbing orom topadi. Kayfiyating ko‘tariladi. Ko‘chaga chiqib sayr qilmoqchi bo‘lasan. Ko‘cha to‘la bandalar. Ular esa sendagi bor narsani sug‘irib olishadi. Yana yolg‘iz qolasan. Shayton hamrohingga aylanadi. Naqadar shafqatsiz qonun! Yaxshisi hammasiga tupurish kerak. Jigar, sen bilan men ertaga yolg‘iz hisob beramiz. Hozir bizga aql o‘rgatayotganlar, biz uchun kuyunayotganlar, bizni ko‘rolmayotganlar, do‘stlarimiz, dushmanlarimiz ko‘ksimizdan itaradi o‘sha kuni. Keyin yig‘lasak ham dod desak ham foydasiz. Jigar, tur o‘rningdan. O‘tmishni tinch qo‘yamiz. Yana yangidan gullaymiz. Onasini emsin, endi jinnini yoqamiz. To‘g‘rida, hammadayam sabrning chegarasi bir. Yoki sen odammasmi Jo‘ra?! Osmonga qaragin u hozir musaffo. Saldan keyin momaqaldiroq gumburlab, chaqmoq chaqishi mumkin. Qattiq shamol esishi mumkin. Bulutlar quyoshni to‘sib qo‘yishi mumkin. Lekin, Jigar, e'tibor berganmisan quyosh qayta va qayta chiqaveradi. Nur sochaveradi. U shamolgayam, bulutgayam, momaqaldirog‘u chaqmoqqayam, hamma hammasiga tupurgan. U mag‘rur nur sochib turaveradi. Jigar, tur yangidan porlaymiz.


MaKnUn

@maknunsdiary