Get Mystery Box with random crypto!

​Ramazonda Ummul Quro, Madina Islom Universiteti va boshqa jom | Makka sari | Kanal toʻxtagan

​Ramazonda Ummul Quro, Madina Islom Universiteti va boshqa jomealar ham ilk qabul boʻlganlar ismini eʼlon qildi. Endi qabul boʻlgan nomzodlar arizasi Saudiya taʼlim vazirligidan tasdiqlanib, vizalar chiqquncha biroz vaqt ketadi. Tahminan, iyul, avgust oylarida chiqadi.

Shu vaqt oraligʻida sizga qat’i maslahatim:
"Qabul qilindingiz" degan xabardan keyin kishida katta gʻayrat paydo boʻladi. Shu potensialdan foydalanib, hamma narsani yigʻishtirib sarf bilan nahvni oʻrganishga kirishing. Bularsiz juda qiynalasiz. Iloji boʻlsa ustoz topib, oʻzingiz uchun alohida dars oling. Guruhlar juda sekin ketadi. Bayna yadayk, Madina kurslarini oʻqiyotgandirsiz, lekin ular asos boʻla olmaydi. Tilni asosi, hech shubhasiz, Sarf va Nahv.
Alloh barakali vaqt, oʻtkir zehn bersin!