Get Mystery Box with random crypto!

Pavel Durov: “Telegram pul ishlashni boshlaydi, lekin xizmatla | Makhmudov Blog | IT News

Pavel Durov: “Telegram pul ishlashni boshlaydi, lekin xizmatlari bepul boʻlib qoladi!”

Telegram 500 million faol foydalanuvchi belgisiga yaqinlashganda, koʻpchilikda savol tugʻdirmoqda: bu oʻsishni kim toʻlaydi? Axir, foydalanuvchilar qancha koʻp boʻlsa, serverlar va trafik uchun xarajatlar ham koʻproq boʻlaveradi. Bizning miqyosdagi loyihalarni qoʻllab-quvvatlash yiliga yuz millionlab dollar turadi

Telegramʻning tarixining aksariyat qismida Telegram toʻlovlarini men shaxsiy mablagʻlarim hisobidan toʻlaganman. Ammo hozirgi oʻsish surʼatlarida Telegram milliardlab faol foydalanuvchilarga va tegishli xarajatlarga erishish yoʻlida.
Texnologik kompaniya bunday hajmga yetganida, uning oldida faqat ikkita yoʻl mavjud boʻladi: xarajatlarni qoplash uchun pul ishlashni boshlash yoki bozorning kattaroq oʻyinchiga sotilish.

Shuning uchun savol tugʻilishi tabiiy — biz nima qilamiz? Rejalarimizga bir nechta bandlarda oydinlik kiritaman.
Biz WhatsApp asoschilari kabi kompaniyani sotmoqchi emasmiz.

Telegram foydalanuvchilarga huquqlarini hurmat qiladigan va yuqori sifatli xizmat koʻrsatadigan mustaqil loyiha sifatida dunyoga kerak. Telegram buyogʻiga ham mukammallik va benuqsonlikka intiladigan texnologik kompaniyasi namunasi boʻlib xizmat qilishi kerak. Buni esa, oʻtmishdoshlarimizning qaygʻuli misollari koʻrsatayotganidek, katta korporatsiya tarkibida amalga oshirib boʻlmaydi.
Telegram hali uzoq vaqt yashaydi.

Biz 8 yildan koʻproq vaqt oldin Telegramʻni dastlab oʻz shaxsiy foydalanishimiz uchun mahsulot sifatida ishlab chiqishni boshladik. Oʻshandan beri biz uzoq yoʻlni bosib oʻtdik. Telegram aloqaning bir qator jihatlarida — shifrlashda, funksionallikda, soddaligida, dizaynida, tezligida mumkin boʻlgan chegaralarni kengaytirdi. Ammo bu faqat boshlanish. Biz dunyoga yana koʻp narsalarni olib kelishimiz mumkin va kerak.

1 va 2-bandlarni bajarish uchun Telegram keyingi yildan pul ishlashni boshlaydi.
Bunda biz oʻtmishda bergan qadriyatlarimiz va kafolatlarimizga sodiq qolamiz. Yetib olingan koʻlam tufayli biz Telegramʻdan xiraliksiz pul ishlashimiz mumkin — aksariyat foydalanuvchilar jiddiy oʻzgarishlarni sezmaydilar ham.
Hozirgi barcha Telegram xizmatlari bepul boʻlib qoladi.
Ularga qoʻshimcha ravishda biz biznes-jamoalar va rivojlangan ehtiyojlarga ega foydalanuvchilar uchun qoʻshimcha funksiyalarni taklif etamiz. Ushbu yangi funksiyalarning baʼzilari bizdan katta resurslarni talab qiladi va natijada pullik boʻladi. Oddiy foydalanuvchilar doimo Telegramdan bepul foydalanadilar.

Telegramʻda xabar almashish barcha xizmatlari reklamasiz qoladi.

Shaxsiy va guruh chatlarda reklama koʻrsatilishi nojoiz deb hisoblaymiz. Odamlar oʻrtasidagi aloqa reklamaga chalgʻimasligi kerak.
Telegramʻda xabar almashish bilan bir qatorda ijtimoiy tarmoq tarkibiy qismi ham mavjud.
“Birdan koʻpga” eshittirish tamoyili asosida qurilgan Telegram ommaviy kanallari millionlab obunachilarni qamray oladi va anʼanaviy xabar almashish bilan umumiy jihatlari deyarli yoʻq. Koʻp mamlakatlarda kanal egalari oʻz obunachilariga, baʼzida uchinchi tomon reklama platformalari orqali reklama koʻrsatib pul ishlashadi. Ular joylashtiradigan reklama odatdagi xabarlarga oʻxshaydi va koʻpincha xiralik hususiyatga ega boʻladi. Shu munosabat bilan biz foydalanuvchilarga qulaylik va maxfiylikni taʼminlaydigan hamda bizga serverlar va trafik xarajatlarini qoplashga imkon beradigan kanallar uchun oʻz reklama platformamizni taklif qilamiz.

Telegram orqali pul ishlash nafaqat bizga, balki butun jamoatchilikka foyda keltirishi kerak

@MakhmudovBlog