Get Mystery Box with random crypto!

#siz_buni_bilasizmi? Assotsiatsiya Miyani turli qism (mark | Makhmudov || Blog

#siz_buni_bilasizmi?

Assotsiatsiya

Miyani turli qism (markaz) larining maʼlum narsani koʻrganda, hidlaganda, yoki eshitganda bogʻlanishi - assotsiatsiya deyiladi.

Xonadagi divandan koʻproq uxlash uchun foydalangan boʻlsangiz yoki stoldan koʻproq taomlanish uchun foydalangan boʻlsangiz bularning har ikkisidan ham dars tayyorlash yoki kitob oʻqishda foydalanmaslik kerak. Chunki miyangiz sezmasangizda divanni koʻrganda uxlash uchun, stolni koʻrganda taomlanish uchun signallar chiqara boshlaydi.

Qoʻlimizdagi telefonlarda ham elektron telefonlarni oʻqish yaxshi samara bermaydi. Chunki ulardan asosan ijtimoiy tarmoqlarga kirish uchun, qandaydir oʻyin oʻynash yoki kim bilandir suhbatlashish uchun foydalanamiz. Assotsiatsiyalarni oʻrgangan olim Kel Nyuport ijtimoiy tarmoqlar uchun telefon, kitob oʻqish uchun planshet, ishcona hujjatlari uchun noutbuklar ishlatishni ta'kidlagan.

Assotsiatsiyalar juda uzoq vaqt deyarli umringiz oxirigacha saqlanib qoladi. Tadqiqotlarda bir odamga ot ustida sigaret chektirib koʻrishadi. Oradan bir necha yil oʻtgach u odam ikkinchi marta hali chekmagan boʻlsa ham yana ot ustiga chiqqanda sigaret chekkisi kelib qoladi.

Hatto kutubxonada ham birinchi marta kitob oʻqish oʻrniga telefondan foydalanib oʻtirgan boʻlsangiz, keyingi safar ham kutubxonada katta ehtimol bilan kitob oʻqimaysiz.

Muvaffaqiyatli insonlar koʻpi miyaning bu xususiyatini yaxshi bilgan va foydalana olgan. Shayx Muxammad Yusuf Muhammad Sodiq hazratlarining ham alohida ijod xonalari boʻlib, u yerga kirganda assotsiatsiyalar orqali ilmiy oqimga kira olganlar.

Manba
Chopildi