Get Mystery Box with random crypto!

Yil yakuni bayram qilish uchun emas, miyani bir joyga qo'yib, | Makhammadieva's diary🌌

Yil yakuni bayram qilish uchun emas, miyani bir joyga qo'yib, 1 yil davomida qay darajada o'zgarganingiz, nima yutuqlarga erishganingiz, qanaqa xatolar qilganingizni hisob qilish va kelasi yilda nima ishlar qilmoqchi ekaningizni rejalashtirish uchun qulay vaqt.

O'yin-kulguni kamaytirib, uyquni kamaytirib, kuch borida harakat qilib qolish kerak. Shunday rejalar va harakat qilingki, 30 yoshingizdan keyin ishlamang, ishlating, boshqarilmang, boshqaring. Yoki shu darajada qilingki, daromad kelib turaversin, siz o'qing, yaxshiliklar qiling, oxiratingiz uchun harakat qiling, farzand tarbiyasi bilan shug'ullaning. Ularga dinni ta'lim bering, tarixni o'rgating, dunyoviy ilmlar bo'yicha ham birinchilardan bo'lishsin. Hech qaysi sohada yutkazmasin.

Qisqasi, vaqtni behuda sarflashga sabab bo'layotgan hamma o'yin-kulguni yo'qoting. 30 yoshingizdan keyin o'zingizni kundalik tashvishlar bilan umuman band qilmaydigan darajada sharoit qilib oling. Shundagina kattaroq narsalarni o'ylashga vaqtingiz bo'ladi.

Men 22 yoshdaman, yana 8 yil vaqtim bor. Siz ham o'ylang, balki oz qolgandir.

@ahmad_abdulvahid