Ayol uyiga ketarkan, bir bolaning qoʻlida choʻp bilan tuproqqa | 𝐌𝐚𝐣𝐍𝐮𝐧 𝐌𝐄𝐃𝐈𝐀
Ayol uyiga ketarkan, bir bolaning qoʻlida choʻp bilan tuproqqa allanarsalar chizayotganini koʻrdi. – Nima qilyapsan? – soʻradi u. Bolakay: – Jannatni tasvirlayapman, sotayapman opa. – dedi. – Qanchaga sotasan? – dedi chiroyli javobdan yuziga tabassum yugurgan ayol. – Yigirma tanga opa. – dedi bolakay. Ayol pulni berib, uyiga ketdi va bu voqealarni unutdi. Oʻsha kuni u bir tush koʻrdi-ki, oʻzi Jannatda! Ayol tushini eriga aytib berdi. Eri darhol ayol aytgan joyga shoshildi. Qarasa, bola hamon oʻsha yerda. – Nima qilyapsan? – dedi erkak. Javob bir xil boʻldi. Erkak tagʻin soʻradi: – Qanchaga sotasan? – Bir trillion! – dedi bolakay. – Nimalar deyapsan, axir xotinimga yigirma tangaga beribsan-ku?! Bola dedi: – Togʻa, togʻa, togʻa! Ayolingiz u pullarni Jannatni olish uchun emas, mening koʻnglimni olish uchun berdi. Siz Jannatni shunchalar arzon deb oʻyladingizmi? Jannat na arzon, na qimmatdir. Jannatni olmoq koʻngillarni olmoqdan boʻlar.!
🎬 MajNun MEDIA | Buyuk kelajak sari olg'a qadam!. ♻️ Официальный канал ️. 📹 Klip | MOOD video. 📻 Seans. 🎧 MP3 | Monologlar. 📝 Text . 📁 Boshqa postlar. ♻️ М...