Get Mystery Box with random crypto!

Aqlimning izmidan chiqaman oʻzim, Sizsiz dunyosida, ayting, ne | Majnun bitiklari

Aqlimning izmidan chiqaman oʻzim,
Sizsiz dunyosida, ayting, netaman?
Uyga yetib-yetmay qaytadi izim,
Sizdan kelmay turib Sizga ketaman.

Mayli boʻron qoʻpsin, qor urib tizdan,
Sizni jonim bilan yopganim-yopgan.
To tirik ekanman, atrofingizda
Jilgʻaday aylanib chopganim-chopgan.

Bugun mening borim tortib olingan,
Bugun barin Sizdan topgani keldim.
Asir qushim, bugun Sizga solingan
Kishaningiznida oʻpgani keldim.