Get Mystery Box with random crypto!

Qachon namozni toʻxtatish vojib yoki joiz boʻladi? Quyidagi h | Mahzun Bo'lma | La tahzan

Qachon namozni toʻxtatish vojib yoki joiz boʻladi?

Quyidagi holatlarda namozni toʻxtatish vojib boʻladi:
1) Boshiga halokat tushgan odamga: misol uchun, choʻkayotgan kishiga yordam berish uchun.

2)Yonayotgan kishini yongʻindan chiqarib olish uchun.

3)Yosh bola yoki katta yoshli kishini ochiq zarardan saqlab qolish uchun.

Quyidagi holatlarda namozni buzish joiz boʻladi:
4)Oʻgʻirlikni toʻxtatish uchun, garchi mato boshqaniki boʻlsa ham.

5)Ayol bolasiga zarar yetib qolishidan xavf qilganda, qozon qaynab toshib ketishi yoki taom kuyib ketishidan qoʻrqqanda.

6)Peshob, orqa najosat va havo dam boʻlib, tang qilganda ulardan xalos boʻlish uchun.

7) Zarar beradigan hayvonni oʻldirish uchun: misol uchun, ilon yoki chayonni oʻldirish uchun.

8)Agar nafl namozida boʻlsayu chaqiruvchi uning ota-onasi boʻlib, namozda ekanligini bilmasa, ularning chaqirigʻiga javob berish uchun namozni buzish joizdir.


"Hanafiy fiqhidan savol-javoblar" kitobidan.

@mahzun_bolma_kanali