Get Mystery Box with random crypto!

Jamiyatshunoslik (sotsiologiya) fanining otasi - unga asos sol | Fiqh

Jamiyatshunoslik (sotsiologiya) fanining otasi - unga asos solgan olim - musulmonlar tarixchilaridan, , faqih va qoriy - o'sha betayinlar tili bilan aytganda - "mulla" Ibn Xoldun bo'ladi. Uning olti asr oldin yozilgan "Muqaddima" asari shu ilm uchun poydevor bo'ldi.
Shunday ekan, kimdir jamiyatshunos olimman deb, so'ng islom va musulmonlarga tosh ota boshlasa, uni oddiy bir islomofob deb atang.
Jamiyatshunos olim bunday dedi, deb unga shu ilmni nisbat bermang. Zero, bu ilmning asoschilari va egalari o'sha bechora nafratlanib yurgan musulmonlar. U esa shu sohada bir universitetda o'qib olgan oddiy islomofob xolos.
Aslida ozroq mulohaza qilib ko'rsangiz, bemalol ayta olasizki, u agar o'zini nisbat berayotgani ilmni o'zi tushunib yetganida jamiyatni isloh qilish uning katta toifasini tahqirlash bilan bo'lmasligiga aqli yetgan bo'lardi. Vallohu a'lam.


Ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring.
Telegram | Instagram | Facebook | You Tube