Get Mystery Box with random crypto!

Yodlab oling Rosululloh* bobolarin, Shon-sharafli nasablarning | Fiqh

Yodlab oling Rosululloh* bobolarin,
Shon-sharafli nasablarning a'lolarin

Abdulloh so'ng Abdmuttolib**, Hoshim so'ngra,
Abdumanof, Qusoy, Kilob, keyin Murra

Ka'b-u Luay, G'olib-u Fihr, Molik, Nazr,
Kinona-yu, Xuzayma, so'ng Mudrikadir.

So'ngra Ilyos, Muzor, Nizor, Maad, Adnon,
She'rni sizga hadya qildi Mahmud Usmon!

*sollallohu alayhi vasallam
** Abdmuttolib - Abdulmuttolib, vazn uchun qisqartirildi.

"Fiqh ilmiga Muqaddima" darslarida Rosululloh sollallohu alayhi vasallam nasablarini yodlab olish uchun arabch bayt aytgandim, shuni o'zbekchalashtirdim. Adnongacha nasablarida xilof yo'q, Adnondan Ismoil alayhissalomgacha xilof bor. Shunga Adnongacha yodlab olish kerak.
Alloh manfaatli qilsin.


Ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring.
Telegram | Instagram | Facebook | You Tube