Get Mystery Box with random crypto!

Makkada al Masjidul Haromning ichida joylashgan kutubxona. Ziy | Fiqh

Makkada al Masjidul Haromning ichida joylashgan kutubxona. Ziyoratga kelganingizda ikkinchi qavatga ko'tarilsangiz, bu kutubxonani ziyorat qilsangiz bo'ladi. Asr namozidan keyin ayollar uchun ham maxsus ziyorat muddati bor.
Kiraverishda kutubxona qo'lyozmalaridan namunalar qo'yib qo'yilgan. Ularning ichida suratda ko'rib turganingiz - yurtimizdagi Usmoniy mus'haf surati ham bor.
Ostiga esa asliy Usmoniy mus'hafdan olingan nusxa O'rta Osiyo va Qozog'iston musulmonlari diniy idorasi tomonidan 1411 - hijriy yilda kutubxonaga sovg'a qilingani aytilgan.
Al Masjidul- Harom kutubxonasi suratga olingan nusxasini faxr bilan namoyish qilgan bu buyuk mus'hafning aslini bizning yurtimizda voqe' qilgan Alloh taologa hamdlar bo'lsin.
Uni asrlar osha saqlagan, yurtimizga kelishi va qaytarilishiga hissa qo'shgan va bugun ehtiyot qilib saqlab kelayotgan barcha-barcha mo'minlarni niyyatlariga qarab cheksiz ajr-u savoblar bilan mukofotlasin.


Ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring.
Telegram | Instagram | Facebook | You Tube