Get Mystery Box with random crypto!

“Oila va xotin-qizlar” ilmiy-tadqiqot instituti

Telegram kanalining logotibi mahallavaoila_instituti — “Oila va xotin-qizlar” ilmiy-tadqiqot instituti O
Telegram kanalining logotibi mahallavaoila_instituti — “Oila va xotin-qizlar” ilmiy-tadqiqot instituti
Kanal manzili: @mahallavaoila_instituti
Toifalar: Siyosat , Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 9.76K
Kanalning ta’rifi

“Oila va xotin-qizlar” ilmiy-tadqiqot instituti
https://t.me/mahallavaoila_instituti
facebook.com/oilavaxotinqizlarinstituti
www.instagram.com/oilavaxotinqizlarinstituti/

Ratings & Reviews

3.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 4

2021-12-17 09:38:11 #Bilasizmi

Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash davlat maqsadli jamg‘armasidan xotin-qizlarga tadbirkorlik uchun 3 yilgacha, shundan 6 oygacha imtiyozli davr bilan BHMning 150 baravarigacha kredit ajratiladi.

Kreditlar tuman mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limi boshlig‘i birinchi o‘rinbosari tavsiyasiga ko‘ra, quyidagi kurslarni:

Tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi hamda Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi dasturlari asosidagi o‘quv kurslarini;

“Ishga marhamat” monomarkazlari, kasb-hunarga o‘qitish markazlari, mahallalardagi kasb-hunarga o‘qitish maskanlari hamda Xotin-qizlar tadbirkorlik markazlari yoki nodavlat taʼlim muassasalarining kasbga o‘rgatish o‘quv kurslarining maxsus o‘qitish dasturlarini tugatgan xotin-qizlarga ajratiladi.

Bizga obuna bo'ling:
Telgram | Instagram | Facebook | WEB-сайтимиз | Baxtiyor oila
399 views06:38
Ochish/sharhlash
2021-12-15 07:22:54
#IzohSizdan

Bizga obuna bo'ling:
Telgram | Instagram | Facebook | WEB-сайтимиз
524 views04:22
Ochish/sharhlash
2021-12-15 07:21:36 #Bilasizmi

Kimlar sanatoriy-kurortlarga bepul yo‘llanma olishi mumkin?

Qonunchilikka muvofiq quyidagi nogironlar va keksalar toifasiga bepul sanatoriya-kurort yo‘llanmalari taqdim etiladi:

urush nogironlariga va qatnashchilariga tenglashtirilgan shaxslar;
halok bo‘lgan harbiy xizmatchilarning beva xotinlari (beva erlari);
respublika ahamiyatiga molik shaxsiy pensiya oluvchi shaxslar;
Chernobil halokati sababli nogiron bo‘lib qolgan shaxslar;
yadro poligonlarida harbiy xizmatni o‘tagan shaxslar;
I va II-guruh nogironlari, ko‘zi ojiz I-guruh nogironini kuzatib boruvchi shaxs;
yolg‘iz keksalar;
pensionerlar.

Yo‘llanma olish uchun quyidagi hujjatlar Tibbiy-ijtimoiy xizmatlar agentligi hududiy bo‘linmalariga topshirilishi lozim:

ariza;
pasport nusxasi;

yuqoridagi fuqarolarning imtiyozdan foydalanish huquqini beruvchi hujjatlar (nogironlikni tasdiqlovchi, pensionerlar uchun guvohnoma va b.);

tibbiy xulosa.

Yo‘llanmalarni berish davriyligi quyidagicha.

har yili (navbat asosida):

urush nogironlariga tenglashtirilgan shaxslarga;
respublika ahamiyatiga molik shaxsiy pensiya oluvchi shaxslarga;
Chernobil AES halokati oqibatida nurlanish kasalligiga chalingan va uni boshidan kechirgan shaxslar, shuningdek Chernobil halokati sababli nogiron bo‘lib qolgan shaxslarga;
yadro poligonlari va boshqa radiatsiya-yadro obyektlarida harbiy xizmatni o‘tagan
shaxslarga;
yolg‘iz keksalarga;

2 yilda 1 marotaba (navbat asosida):

urush qatnashchilariga tenglashtirilgan shaxslarga;
halok bo‘lgan harbiy xizmatchilarning beva xotinlariga (beva erlariga);
I va II-guruh nogironlari, ko‘zi ojiz I-guruh nogironini kuzatib boruvchi shaxsga;

sanatoriylarda bo‘sh o‘rin mavjud bo‘lgan taqdirda 3 yilda 1 marotaba (navbat asosida) — pensionerlarga.

Yo‘llanmalar 12 kunga, yo‘llanmalarning amal qilish muddati boshlanishidan kamida 10 kun oldin beriladi.

Bizga obuna bo'ling:
Telgram | Instagram | Facebook | WEB-сайтимиз
686 views04:21
Ochish/sharhlash
2021-12-14 11:45:26 #Qonunchilikdagiyangiliklar

“Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha hokim yordamchilari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–31-son, 03.12.2021 y.) qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, 2022 yilda aholini tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish, o‘zini o‘zi band qilish va ish bilan taʼminlash bo‘yicha jami 2 trln 159 mlrd 146 mln so‘m subsidiya ajratiladi.

Shunga ko‘ra, quyidagilar hokim yordamchilarining tavsiyalari asosida beriladi:

● oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasidagi kreditlar;
● Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi va Jamoat ishlari jamg‘armasi, Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi, “Ayollar daftari” jamg‘armasi, “Yoshlar daftari” jamg‘armasi hisobidan tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish, o‘zini o‘zi band qilish va ish bilan taʼminlash uchun ajratiladigan subsidiyalar.

Hokim yordamchilarining oylik ish haqi miqdori quyidagicha belgilanadi:

xonadonlar soni 500 tagacha bo‘lgan mahallada – mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 6 baravari (4 mln 932 ming so‘m) miqdorida;
xonadonlar soni 501 tadan 1 000 tagacha bo‘lgan mahallada – MHEKMning 6,5 baravari (5 mln 343 ming so‘m) miqdorida;
xonadonlar soni 1 000 tadan ortiq bo‘lgan mahallada – MHEKning 7 baravari (5 mln 754 ming so‘m) miqdorida.

Boshqa hududdan kelib ishlayotganlarning turar joy ijarasi xarajatlari kompensatsiya qilib beriladi.

Yil yakuni bo‘yicha yuqori natijaga erishganlarga ipoteka krediti asosida uy-joy olish uchun uy-joyning 50 foizigacha subsidiya beriladi.

2022/2023 o‘quv yilidan oliy maʼlumotga ega bo‘lmagan hokim yordamchilari davlat OTMning iqtisodiy taʼlim yo‘nalishlariga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining tavsiyasiga ko‘ra davlat granti asosida sirtqi taʼlim shakliga suhbat asosida o‘qishga qabul qilinadi.

Bizga obuna bo'ling:
Telgram | Instagram | Facebook | WEB-сайтимиз
484 views08:45
Ochish/sharhlash
2021-12-14 07:53:29
Jurnal nomi: "IJTIMOIY BOSHQARUV" elektron ilmiy jurnali

ISSN Online: 9874-4126

Jurnal rasmiy sayti: http://ijtimoiy.uz

Maqola topshirish tili: ingliz tili, rus tili, oʻzbek tili

Qabul yoʻnalishlari: ijtimoiy soha (jamiyat, mahalla, oila)ga oid maqolalar qabul qilinadi

"IJTIMOIY BOSHQARUV" elektron ilmiy jurnali quyidagi nufuzli bazalarda indekslanadi:

Google Scholar
ResearchGate
DOI (Digital Object Identifier)
h-Index (Hirsch index)

Davlat: Oʻzbekiston

Bizga obuna bo'ling:
Telgram | Instagram | Facebook | WEB-сайтимиз | Baxtiyor oila
433 views04:53
Ochish/sharhlash
2021-12-14 07:52:05
Jurnal nomi: "MARKAZIY OSIYODA JAMIYAT, GENDER VA OILA" elektron ilmiy jurnali

ISSN Online: 9874-4126

Jurnal rasmiy sayti: http://sgfjournal.uz

Maqola topshirish tili: ingliz tili, rus tili, oʻzbek tili

Qabul yoʻnalishlari: TARIX, FALSAFA, PEDAGOGIKA va PSIXOLOGIYAga oid maqolalar qabul qilinadi

"MARKAZIY OSIYODA JAMIYAT, GENDER VA OILA" elektron ilmiy jurnali quyidagi nufuzli bazalarda indekslanadi:

Google Scholar
ResearchGate
DOI (Digital Object Identifier)
h-Index (Hirsch index)

Davlat: Oʻzbekiston

Bizga obuna bo'ling:
Telgram | Instagram | Facebook | WEB-сайтимиз
405 views04:52
Ochish/sharhlash
2021-12-13 16:04:10 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 21-oktabrdagi “Internet jahon axborot tarmog‘ida milliy kontentni rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 888-sonli qarorida belgilab berilgan vazifalarni bajarish maqsadida “Mahalla va oila” ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan oilalar uchun “Baxtiyor oila” veb portali ishga tushirildi.
Loyiha maqsadi: O‘zbekistonda oilalarga “Baxtiyor oila” veb portalidagi ma’lumotlar va xizmatlardan foydalanishning yagona nuqtasini taqdim etish, jamiyatda oila-nikoh munosabatlarini tartibga solish, sog‘lom avlodni tarbiyalash, oilalarning demografik xulq-atvoriga xos va mos xizmatlarni yaratish, shuningdek “Baxtiyor oila” portalida joylashtiriladigan ochiq ma’lumot va xizmatlar yordamida samarali ijtimoiy-iqtisodiy, huquqiy va psixologik qarorlarni qabul qilish uchun oilalarga shart-sharoitlar yaratish.
https://baxtiyor-oila.uz/

Bizga obuna bo'ling:
Telgram | Instagram | Facebook | WEB-сайтимиз
477 views13:04
Ochish/sharhlash
2021-12-13 15:43:58 DIQQAT EʹLON!

Joriy yilning 16-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi huzuridagi “Mahalla va oila” ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan poytaxtimizdagi “Grand Mir Hotel” mehmonxonasida “O‘zbekiston Respublikasining 2030-yilgacha bo‘lgan demografik barqarorlik konsepsiyasi” mavzusida Muhokama anjumani o‘tkazilmoqda. Muhokama anjumani BMTning Aholishunoslik jamgʻarmasi UNFPAning O‘zbekistondagi vakolatxonasi bilan hamkorlikda tashkil etilmoqda. Unda Respublika aholisini ro‘yxatga olish hamda maʼlumotlaridan barqaror rivojlanishda foydalanish maqsadlari ko‘zalangan.
Shu munosabat bilan barcha OAV vakillarini mazkur anjumanda kutib qolamiz.

Ro‘yxatga olish 9:30 boshlanadi

Manzil: Grand Mir hotel, 8-qavat

Quyidagi ilovada Anjumanda ishtirok etuvchi Vazirlik va davlat idoralari ro‘yxati ko‘rsatilgan

O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi

O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti

O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi huzuridagi Yoshlar muammolarini o‘rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash instituti

”Taraqqiyot strategiyasi” markazi

Bizga obuna bo'ling:
Telgram | Instagram | Facebook | WEB-сайтимиз
599 viewsedited  12:43
Ochish/sharhlash
2021-12-13 15:37:35 UY-JOYGA MUHTOJ XOTIN-QIZLARNI UY-JOY BILAN TA’MINLASH TARTIBI BELGILANDI

Vazirlar Mahkamasi qarori bilan (06.12.2021 y, 737-sonli) Noturar joylarda istiqomat qilayotgan, shuningdek, ota-onasidan yoki ularning biridan ayrilgan hamda yolg‘iz onasi, yolg‘iz otasi yoki boshqa shaxslar qaramog‘ida bo‘lgan voyaga yetgan uy-joyga muhtoj xotin-qizlarni uy-joy bilan ta’minlash tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

Nizomga ko‘ra,

uy-joy sharoitini yaxshilash istagida bo‘lgan uy-joyga muhtoj xotin-qizlar o‘zini o‘zi boshqarish organi yoki tuman (shahar) mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limiga so‘rovnoma-ariza bilan murojaat qiladi.

Uy-joyga muhtoj xotin-qizlarni uy-joy bilan ta’minlashga ko‘maklashish komissiyasi har chorakda (chorak birinchi oyining 15-kunigacha) xotin-qizlarning uy-joyga ehtiyojmandlik darajasini o‘rganib chiqadi.

Uy-joyga muhtoj xotin-qizlar Komissiyaning tegishli qarori qabul qilingach, ko‘pi bilan 30 kundan oshmagan muddat ichida ijtimoiy uy-joylarga ijara huquqi asosida vaqtinchalik joylashtiriladi.

Bunda:

uy-joyga muhtoj xotin-qizlarga ipoteka krediti bo‘yicha uy-joylarning hisoblangan qiymatining 15 foizi miqdorida boshlang‘ich badal to‘lab beriladi;

tuman (shahar) hokimligi Komissiya qarori qabul qilingandan so‘ng 20 kun ichida ijtimoiy uy-joyga joylashtiriladigan xotin-qizlar bilan ijara shartnomasini tuzadi (ko‘pi bildan 5 yil muddatga);

ijara shartnomasi tuzilgandan keyin 5 kun ichida ijtimoiy uy-joyni topshirish – qabul qilish dalolatnomasi tuziladi;

dalolatnoma tuzilgach, uy-joyga muhtoj xotin-qizlar 5 kun ichida ijtimoiy uy-joyga joylashtiriladi.

Ijtimoiy uy-joylar munitsipal mulk huquqi asosida tuman (shahar) hokimligiga tegishli bo‘ladi va ular bo‘yicha alohida hisob yuritiladi.

Nogironligi bo‘lgan shaxslar, keksa yoshdagi va o‘zi harakatlana olmaydigan shaxslar ustuvor ravishda ko‘p kvartirali uylarning birinchi qavatidagi ijtimoiy uy-joylarga joylashtiriladi.

Ijtimoiy uy-joydan foydalanganlik uchun ijara haqi uy-joy umumiy maydonidan kelib chiqib uning 1 kvadrat metri uchun:

Toshkent shahrida 1 yilga BHMning 2 foizi;

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda 1 foizi miqdorida belgilanadi.

Ijara shartnomasida belgilangan talablarga rioya etilishi yuzasidan har oyda bir marotaba monitoring olib boriladi.

Bizga obuna bo'ling:
Telgram | Instagram | Facebook | WEB-сайтимиз
860 views12:37
Ochish/sharhlash
2021-12-13 15:25:37
Ayol taqdiri – millat taqdiri

Bizga obuna bo'ling:
Telgram | Instagram | Facebook | WEB-сайтимиз
408 views12:25
Ochish/sharhlash