Get Mystery Box with random crypto!

Bayramga zo‘r yangilik! My.gov.uz orqali avtotransportni bo | “Oila va xotin-qizlar” ilmiy-tadqiqot instituti

Bayramga zo‘r yangilik!

My.gov.uz orqali avtotransportni boshqarish uchun ishonchnomalar qulay tartibda rasmiylashtiriladi!

1-sentyabrdan boshlab avtotransportni boshqarish uchun ishonchnomalarni my.gov.uz orqali ham masofadan, ham o‘zingizga qulay narxda rasmiylashtirsangiz bo‘ladi.

Ya’ni haydovchilar ishonchnoma olish uchun notarial idora izlab yurishmaydi, hujjatni tasdiqlatish uchun navbatlarda ham turishmaydi. Barcha jarayonlar onlayn amalga oshiriladi.

Hujjat unutib qoldirilganida ham muammo yuzaga kelmaydi. Chunki ishonchnomalar YPX xodimlari tomonidan elektron tekshiriladi.

Elektron ishonchnoma uchun alohida to‘lov tartibi (davlat boji – BHM ning 3 baravari – 900 ming so‘m) belgilangan.
Bunda davlat boji:
1 oygacha bo‘lgan muddatga – 10 % (90 ming so‘m);
6 oygacha bo‘lgan muddatga – 50 % (450 ming so‘m);
3 yilgacha bo‘lgan muddatga – 100 % (900 ming so‘m miqdorida) undiriladi.

Bizga obuna bo'ling:
Telgram | Instagram | Facebook | WEB-сайтимиз | Baxtiyor oila