Get Mystery Box with random crypto!

​​Bayram yoki fojia? Mana, yana 'Огненные дороги' seryalidan | Maftuna's blog

​​Bayram yoki fojia?

Mana, yana "Огненные дороги" seryalidan qirqilgan "Paranji yoqish" sahnasi tarmoqlarda aylanishni ham boshladi. Nima 8-mart emas 9-10-mart, yoki boshqa kun Xotin qizlar kuni sifatida nishonlanganda koʻngil joyga tusharmidi? Bu kunda onangni, opa-singillaringni koʻnglini ol deyapti holos. Ularning qudrati yuzaga chiqgan kunni eslatyapti. Har kunning tarixi bor, har narsaning sababi boʻlgani kabi. Bu kunning kelib chiqish tarixiga qaraydigan boʻlsak hechqanday fohishalar, yengiltak ayollar sharafiga borib taqalmaydi. Jismoniy va ruhiy ozodlik istagan sevgiga tashna ayollarning qonli tarixi bilan bogʻliq.
1857-yil 8-martda AQSHning Nyu-York shahrida tikuvchilik va poyabzal fabrikasining ishchi ayollari roʻzgʻor buyumlari bilan namoyishga chiqishdi. Ular 10 soatlik ish kunini, yorug‘ va qulay ish joyini, erkaklar bilan bir xil maosh talab qilmoqda edilar. O'sha paytda ayollar kuniga 16 soat ishlab, evaziga arzimas chaqa olishardi. Biroq politsiya ishchilarga hujum qilib, namoyishni tarqatib yuborish uchun zavod eshiklarini yopadi. Zavodda yong'in sodir bo'lib ishchi ayollar zavod oldiga o‘rnatilgan to‘siqlardan qochib qutula olmaydi. Oqibatda aksariyati ayollar bo‘lgan koʻp sonli ishchi kuyib halok bo‘ladi. Shunday qilib, ayollar huquqlari uchun kurash qon bilan tugaydi. Ishchilarning dafn marosimida 100 mingdan ortiq odam ishtirok etadi. Ushbu voqeadan 53 yil o'tib, 1910 yilda Daniya poytaxti Kopengagenda bo'lib o'tgan 2-Xalqaro sotsialistik konferentsiyada Germaniya sotsial-demokratik partiyasi yetakchilaridan biri Klara Setkin 8-martni toʻqimachilik fabrikasidagi yongʻinda halok boʻlgan ishchi xotin-qizlar xotirasiga "Xalqaro xotin-qizlar kuni" sifatida nishonlashni taklif qiladi. Birinchi marta esa ayollar kuni Avstriya, Daniya, Germaniya va Shveytsariyada 1911 yil 19 martda nishonlandi. O'sha paytda namoyishlarda milliondan ortiq erkak va ayol ishtirok etgan. 1917 yilda rus ayollari "Non va tinchlik" shiori bilan ko'chalarga chiqdi. 4 kundan keyin podshoh Nikolay II taxtdan ag'darildi. Muvaqqat hukumat ayollarga ovoz berish huquqini beradi. Bu voqea 8-mart kuni sodir bo'ldi. 8-martni Turkistonga kirib kelish tarixini oʻrgansak bu XIX asr boshlariga toʻgʻri keladi. Nima sababdan kirib keldi? Oʻtmish bevosita ayollar erki harakati bilan bogʻliq. Haddan oshishlar, zulmlar, xoʻrliklar yukidan isyonga sabab boʻlgan voqealar. Barchasi shunchaki toʻqchilik natijada, ayollarga boʻlgan munosabatni yanada oshirish maqsadida yuzaga kelmagan zotan. Agar bu isyonlar bizning oʻlkalarda ham sodir boʻlgan ekan demak bari ilmsizlashtirish, qadrsizashtirish, diniy mutaassiblikga choʻmgan jamiyat hayotidan qutilish maqsadida shakllangan. Paranjilar yoqilgani uchun ham bu kundan nafratlanishadi hozir. Qalbida dinga, hijob-paranjniga muhabbat boʻlmagan ayollarning oxiri shunday tugashi aniq edi. Ular majburlab kiydirilgan boʻlishsa, oʻz xohishlari bilan yechindi. Qudrat din xodimlarida boʻlgan payt ular haddan oshdi, islomni haddan tashqari qoloq qilib koʻrsatishdi, farz va sunnat amallarini aksini bajarishdi. Agar boshqa oʻlkalarda ayollar bilan boʻlgan muammo kam oylik, tengsizlik, qoloqlik boʻladigan boʻlsa Turkistonda paranjini muammo darajasiga olib kelinishida, ularni yoqilishida ayollarni emas din tujjorlarini johilligi katta oʻrin tutadi. 150-yil dindan, 30-yillab erkdan mahrum qilingan xalq hech qachon oʻzligini yoʻqotib qoʻymagan, haq dinimiz qulamagan, ot aylanib qozgʻini topadi. Mana atrofga qarang Xudo hidoyat bergani borki Allohning farzini bajaryapti, mashshhoqdan tortib maktab qizlarigacha. Insonga haqiqatni bosim, zugʻm bilan emas goʻzal oʻrnak bilan koʻrsatish, uqtirish kerak. Fikr qilmaysizlarmu?

@Rehman_Ergenc