Get Mystery Box with random crypto!

Madinaxon Rashidovna❤

Telegram kanalining logotibi madinaxon_rashidovna — Madinaxon Rashidovna❤ M
Telegram kanalining logotibi madinaxon_rashidovna — Madinaxon Rashidovna❤
Kanal manzili: @madinaxon_rashidovna
Toifalar: Telegram
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 362
Kanalning ta’rifi

#Bismillah🥰❤
Konsultatsiya va kurslarga ro'yhatdan o'tish uchun: @Happenness ga murojaat qiling!
Konkursda qatnashish uchun @Feruzichka89 ga murojaat qiling!
💛💡 @Sakinah_ayollar_academiyasi💡💛

Ratings & Reviews

4.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2022-08-30 10:37:01 Yoshligimizdan kimningdir hasmi bo'lishimiz haqda o'qtiriladi...
U yerda toshdek qotishimiz,turmush o'rtog'imizning so'zlarini so'zsiz bajarishimiz,kirini yuvib ota onasini hizmatini qilishimizni...
Nega shunday uyda ota onamizni ko'nglini o'ylamay ranjitamizu turmush o'rtog'imizning qanchalar hurmachadagi qiliqlariga bizni hurmatsiz qilsada jim bo'lamiz...
Uyda otamizga erkalik qilamizda hatto oyoq kiyimimizgacha cho'tka qildirib....,oila qurib ko'chalarda ham joyi kelsa turmush o'rtog'imizni oyoq kiyimlarini tozlaymiz?...
Nega turmush o'rtog'imizning har qanday qiliqlarini ko'tarib o'z ota onamiz opa singlimizning bir og'iz oddiy tanbehini ham ko'taraolmaymiz?....
Nega.???
Nega.???
Nega.???

Ayol....
Nega ojiza???
Nega ojiza bo'lishi kerak?
Ayol nega uysiz?
Ota onasining uyi turmushga chiqqancha keyin esa turmushga chiqqan qiz chig'riqdan tashqari...
Turmush o'rtog'ing uyi ham huddi shunday agar nimadir bo'lib turmush o'rtog'iga yoqmay qolsa ket uyingga...
Nega???Nima uchun???
Ayol qanchalik sabrli a hayotim davomida ko'p ayollarni ko'rdim...
Jufti yashrincha oila qurib bemalol yashayotganini bilsada...kechalari qon yutsada...chidaydi nima uchun???
Albatta Shu insondan bo'lgan farzandlari uchun ularing kelajagi uchun qachongacha...
Qachongacha Kunduz kungi yolg'on kulgulari uchun tunda yostiqlarga kuz yoshlari bilan badal to'laydi...???
Oila quradi...nimadir bo'ladiyu turmush o'rtog'i xiyonat qiladi...
Lekin ayibdor ayol Nega???
Uziga etibor bermadi...
Mehr bermadi...
Yo'q lekin aytishmaydiki...
Men uchun tunu kun uy ro'zg'or bilan bo'lib bola tarbiyasi bilan bo'lib o'ziga qaray olmadi...
Mehr his qilamadi va qanay mehr bilan javob qaytarishni bilmadi...
Yo'q aslo unday deyishmaydi...
Ayol hiyonat qildi..
O'zi yaxshi ayolmasdida buzilib ketdi..
Yo'q aksincha ayol mehr ko'rmadi,qadr topmadi,sevilmadi,ardoqlanmadi...
U shunchaki mehrni boshqadan oldi...
Lekin u aybdor shunchaki baxtli bo'lishga haqqi yo'q...
Oilali erkak bir ayolga hushomat qildi...erkak o'z ayoliga hiyonat qildi begona nomahramga gapirdi hattoki farzandlarining uvolidan ham qo'rqmadi lekin ayibsiz!..
Ayol esa aybdor chunki "G'unajjin ko'zini suzmasa buqa ipini uzmaydi"
Yana ayol aybdor...


Siz qanday fikrdasiz?????

@Madinaxon_Rashidovna
220 views07:37
Ochish/sharhlash
2022-08-30 07:21:01
Allohning uyida juda ko‘pchilik o'tirishi mumkin. Ammo Allohning huzurida faqat ayrimlargina bo‘ladi.

@Madinaxon_Rashidovna
255 views04:21
Ochish/sharhlash
2022-08-30 07:10:59 Qadrli obunachilar! Marafon postini tarqatib ko'proq ball yig'ishga harakat qilinglar. Atiga 2 kun vaqt bor sizlarda!!!
239 views04:10
Ochish/sharhlash
2022-08-29 18:01:50
Ayrim yomon odatlar avloddan-avlodga oʻtish xususiyatiga ega. Masalan: ayoliga qoʻl koʻtarish, farzandini kamsitish, zararli odatlarni oshkora qilish (sigaret va nos) va hokazo...

Bunday yomon xususiyatlarni bola koʻrib oʻzi ham hayotiga tadbiq qila boshlaydi. Sizni ham yoshligingizda shunday holatlar boʻlgan boʻlishi mumkin. Lekin endi siz zinhor va zinhor bu ishlarni oʻz farzandingizga qilmang. Zanjirni uzing!

@Madinaxon_Rashidovna
214 views15:01
Ochish/sharhlash
2022-08-29 17:58:54 Marafon natijalarimiz...

1-Maftuna... 1800 ball
2- Asal... 1340 ball
3-Dilnoza... 800 ball
4- Shaxnoza... 1520 ball
5- Gulrux... 1360 ball
6- Madina... 1200 ball
7- Shoxsanam... 1980 ball
8- Nigora... 400 ball
9-Muqaddas... 1220 ball
10-Nozimaxon... 1460 ball
11-Feruza... 1240 ball
12-Sevara... 900 ball
13-Umida... 2520 ball
14- Muxarram... 1300 ball
15- Ziyoda... 800 ball
16- Nigora... 1360 ball
17- Shoxista... 300 ball
200 views14:58
Ochish/sharhlash
2022-08-29 17:00:46 #psixotest_javobi

1. Kravatga yotaman

Siz haqiqat va mas'uliyat bilan duch keladigan qiyinchiliklarni ichidasiz. Ehtimol, charchagan hamdirsiz. Siz stressni uzoq davrini boshdan kechirayotgan, undan qutulishni va dam olish istagingizni bildiradi.

2. Gilamda yotaman

O'z shaxsiyatingizni yashirish istagi. Ehtimol, siz o'zingiz bo'lishdan, o'zingizni ko'rsatishdan qo'rqasiz, o'zingizga ishonmaysiz va o'zingizni zaif his qilasiz. Ba'zan siz o'zingizni bir buyumdek his qilasiz va ba'zan butunlay ketibnqolsh istagingiz ham mavjud.

3. Yumshoq o'yinchoqni quchoqlaysiz

Sizda xavfsizlik hissi bor. Ehtimol, yolg'izlik yoki tashvish hissi paydo bo'ladi va yolg'izlik tuyg'usini kamaytirish uchun atrofdagilar bilan har qanday aloqani o'rnatishga harakat qilasiz.

4. To'pni o'ynash

Energiya sarflash istagi. To'plarda o'ynash bu his-tuyg'ularni ozod qilish va ulardan qutulish imkonini beradi. Bundan tashqari, to'pni o'ynash istagi tashqariga chiqishni istagan ichki yashirin tajovuz haqida ham gapirishi mumkin.

5. Kitoblarni ko'rib chiqish

Rivojlanish istagi. Siz yangi tajribaga tayyorsiz. Siz hayotingizni bugunida yashasangiz da, o'tmish bilan to'liq ajralishga tayyor emassiz.

6. Oynaga qarash

Psixologiyada deraza – ongning ochiqligi. Siz hayotingiz haqida juda ko'p narsalarni o'ylaysiz. Siz boshidan boshlash yoki hayotdagi boshqa yo'nalishni tanlash zarurligini his qilasiz.

7. Rasmga qarash

Siz ikkinchi planda (soyada yoki ajratilgan) bo'lgan odamlar haqida gapirasiz, lekin o'zingizni isbotlash istagini his qilasiz. Sizning istagingiz yanada faol ijtimoiy hayot kechirish va odamlarga ochiq bo'lish vaqti kelganligidadir.

@Madinaxon_Rashidovna
200 views14:00
Ochish/sharhlash
2022-08-29 13:45:31
#psixoanalitik_test

Ongostida sizning qanday emotsiya va xissiyotingiz yashirin?

Testni yaqinlaringizga ham ulashing va ularning ham emotsional xolatidan xabardor bo‘ling

Javobni komentariyaga yozing! Test natijalari kechroq elon qilinadi!

@Madinaxon_Rashidovna
206 views10:45
Ochish/sharhlash
2022-08-29 11:14:27 Hamma inson o'zini saviyasidan, fikrlash doirasidan kelib chiqib gapiradi!

Insonlarni gaplariga etibor bermaslik uchun manashuni o'zi kifoya!

@Madinaxon_Rashidovna
212 views08:14
Ochish/sharhlash
2022-08-29 07:13:01 #Кун_ҳикмати

Қалб касаллиги олти нарсадан пайдо бўлади:

1. Тавба умидида гуноҳ қилавериш.
2. Амал қилмаган ҳолда таълим олавериш.
3. Амал қилганда ҳам ихлоссиз бўлиш.
4. Аллоҳнинг ризқини шукр қилмасдан еявериш.
5. Аллоҳнинг тақсимотига рози бўлмаслик.
6. Ўликларни кўмиб ибратланмаслик.

Ҳасан Басрий раҳимаҳуллоҳ

@Madinaxon_Rashidovna
225 views04:13
Ochish/sharhlash
2022-08-29 05:51:20 Qadrli obunachilar VAUCHER yutib olish maqsadida bo'lsangiz!

@Feruzichka89 ga konkurs uchun deb yozib qoldiring va kuting!

Sizga tepadagi xabarni tashlab beramiz  va siz tarqatishni boshlaysiz

Har bir
Kanal uchun 200 ball
Guruh uchun 100 ball
Lichniy chatlar uchun 20 ball
Beriladi

Qancha ko'p tarqatsangiz balingiz shuncha ko'payib boradi

Umumiy ballar hisoblab oxirida eng ko'p ball yig'gan ishtirokchiga 150ming so'm,
100ming so'm 50ming so'mlik vaucherlar hadiya qilinadi

Faolligingizga qarab o'rinlarni ko'paytirish ehtimolimiz ham bor
225 views02:51
Ochish/sharhlash