Get Mystery Box with random crypto!

Madina Mumtoz Kanali

Telegram kanalining logotibi madinamumtozkanali — Madina Mumtoz Kanali M
Telegram kanalining logotibi madinamumtozkanali — Madina Mumtoz Kanali
Kanal manzili: @madinamumtozkanali
Toifalar: Kattalashtirilmagan
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 1.61K
Kanalning ta’rifi

Assalamu alaykum aziz kuzatuvchilarim
Kanalimga hush kelibsiz🤗
Hamkorlik va reklama bo'yicha @madinamumtoz_reklama ga yozing

Ratings & Reviews

3.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

2

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2022-07-28 17:39:32 Pazandalik sarguzashtlarim ancha yillar ilgari boshlangan edi. O’sha payt 8 yoshda edim va har-xil taomlar pishirish qo’limdan kelar edi

Turmush qurganimdan so’ng esa pazandalik faoliyatim yanayam ko’chayib bordi, chunki ko’pchiligingiz bilasiz, meni qaynonam qo’llari gul pazandalar

To’ydan so’ngi holat: birinchi kun, nonushta tayyorlashim kerak, qo’rquv va havotirim esa kuchli bo’lgan
Biz o’zbeklarda nonushtaga odatta qaymoq, choy, shakar, magiz, yong’oq dasturxonga qo’yiladi. Va birinchi nonushtaga men baqlajondan salat tayyorlashga qaror qildim (pomidor, chesnok, ukrop bo’ladi ichida)

Va aksiga olib, uyda deyarli har kuni pishirib yurgan salatim kuyib qolgan edi Shunchali hayajon va qo’rquv ichimda boridi. Kimda shunaqa bo’lgan, kommentariyada yozib qoldiring

Va shu holatdan so’ng bir narsani sezganman:
“Agar havotir va o’zimga ishonmasdan, taom pishirsam, 100% bilgan taomlarim ham o’xshamay be’maza bo’lib chiqadi. Ammo, umuman bilmagan taomimni o’zimga ishonch bilan pishirsam juda zo’r chiqadi. Hamma gap bizning ong ostimizda ekanligini!»

Onajonim esa menga doyim bir iborani qaytarar edilar: «Har qanday ishni qo’rqmasdan qilgin»

______________________
Agarda sizga yoqgan bo’lsa qoldiring va biz 50-ta dan so’ng davom etamiz
2.5K viewsedited  14:39
Ochish/sharhlash
2022-07-28 16:29:18 Assalomu aleykum!

Turk shirinliklarini sevadiganlar uchun ajoyib yangiligim bor
Endi turkiya shirinliklari uchun Turkiyaga sayohat qilishingiz yoki yaqinlaringizga o’zlari bilan Rahat-lukum, Köz helva, Kadayif kabi shirinliklar olib kelishlarini iltimos qilishingiz shart emas
Chunki ushbu ajoyib shirinliklarning juda ko’p turlarini AsyaGurme do’konidan topishingiz mumkin

Shunday issiq havoda ko’chaga chiqqingiz kelmasa, ularning yetkazib berish xizmati sizlarga asqotadi

Ularning sahifasiga o’tib barcha mahsulotlarni ko’rishingiz mumkin yoki mana shu raqamlarga qo’ng’iroq qilib batafsil ma’lumot olishingiz mumkin bo’ladi

Manzil: Yunusobod tumani,
C-6, Sh. Rashidov ko’chasi, 96A uy

Murojaat uchun:
+998983130131

Instagram | Telegram
2.1K viewsedited  13:29
Ochish/sharhlash
2022-07-28 16:29:12
2.0K views13:29
Ochish/sharhlash
2022-07-27 14:27:22 Assalomu aleykum Asyagurme do'konidan harid qilgan mahsulotlarim yordamida ajoyib shirinlik retsepti bilan bo'lishmoqchiman

Kerakli mahsulotlar:
Eti Burcak pechenyasi
Dr Oetker Puding (Kakaoli)
750 ml sut
100 ml qaymoq
90gr shokolad

Bezak uchun:
Petit beurre pechenyasi
Qulupnayli sous
Kokos qirindisi
Barcha mahsulotlarni Asyagurme do’konidan topishingiz mumkin

Pechenyani maydalab olamiz va pudding tayyorlaymiz. Sutga pudding kukunini solib, o'rta olovda qaynatib quyulgunicha aralashtiramiz. Tayyor bo'lgan puddingni pechenya ustiga quyamiz. Qolipni tayyorlab ichiga tayyor bo'lgan aralashmamizni solamiz va sovutgichga 2 soatga olib qo'yamiz.

Glazur tayyorlash uchun qaymoqqa shokoladimizni solib aralashtiramiz. Tayyor bo'lgan shirinligimizni ustidan glazur quyib 1 soatga sovutgicha qo'yamiz. Qotganidan so'ng bezatishimiz mumkin.

Men bezak uchun yana Asyagurme do'koniga murojaat qildim va mazali pechenya, kokos qirindisi hamda qulupnayli souslardan foydalandim

Mana shunday ajoyib pechenyali pudding shirinligimiz tayyor bo'ldi. Yumshoqqina katta va kichiklarga birdek yoqadigan, gaz pechisiz tayyor bo'ladigan shirinligimiz, sizga ham hush kelgan bo'lsa kommentariyangizni kutib qolaman
____________________

Barcha harid qilingan mahsulotlarni Asyagurme do’konidan harid qildim

https://instagram.com/asyagurme.uz?igshid=YmMyMTA2M2Y=
2.4K views11:27
Ochish/sharhlash
2022-07-27 14:23:14
2.3K views11:23
Ochish/sharhlash
2022-07-07 19:19:37 Bugun sizlar bilan uzoq kutilgan shohona tort retsepti bilan bo'lishaman Tayyorlanishi juda oson, kamharj lekin shohona ko'rinishda

Tayyorlanishi:
3 ta tuxumga bir stakan shakarni oz-ozdan solib, yaxshilab ko'pirtirib olamiz. Keyin esa, bir stakan sut, yarim stakan o'simlik yog'i solib yana yaxshilab aralashtiramiz. 3 osh qoshiq kakao, bir qadoq razrixlitel, bir qadoq vanilin va bir stakan un solib aralashtiramiz. Keyinchalik yana kerak bo'ladigan bo'lsa bir yoki yarim stakan un qo'shsa bo'ladi.

Forma olib tagiga pergament qog'oz qo'yib hamirni solib olamiz. 180 darajada 30-35 daqiqa pishirib olamiz va cho'p tiqib tekshirib ko'ramiz, cho'p quruq chiqishi kerak.

Hamirni chiqarib sovutib olamiz va keyin yana formaga solamiz. 250 ml sut quyib 10 daqiqa singishi uchun qo'yamiz. Biskvit singib olgunicha krem tayyorlaymiz.
2 qadoq "Shanti" kremiga 400 ml muzdek sut qo'shib krem tayyorlaymiz. Kremdan alohida 2 osh qoshiq olib qo'yamiz. Qolgan kremga 2 osh qoshiq kokos qirindisidan qo'shib yaxshilab aralashtiramiz. Alohida olib qo'yilgan kremga yana kokos qirindisidan qo'shib, dumaloq shaklga keltirib rafaellolar yasab chiqamiz va muzxonada muzlatib olamiz. Keyin esa, biskvitni ustiga krem shantini yaxshilab surib sovutgichga qo'yib turamiz. Sovib turguncha, glazur tayyorlaymiz. 200 ml qaymoqqa 2 qadoq sutli yoki qora shokolad solib yaxshilab eritamiz va sovutamiz. Glazur tayyor faqat xona haroratida sovishi kerak.
Sovigan tortimizni ustiga sovigan glazurimizni quyamiz va yana sovutgicha olib qo'yamiz. Yaxshilab qotib olganidan keyin didimizdan kelib chiqqan holda bezatamiz.
Men bezak uchun handon pistani maydalab, malina va boya yasab olgan rafaellolardan foydalandim

Mana azizlar, hammaga birdek yoqadigan, yumshoqqina, mazali, shohona tortimiz tayyor bo'ldi Tayyorlanishi juda ham oson, kamharj va eng asosiysi hammaga birdek yoqadi. Istasangiz oilangiz uchun, istasangiz buyurtma asosida tayyorlab qo'shimcha daromad olishingiz mumkin bo'ladi.
Bayram dasturxonini bezab turuvchi ajoyib tortni barcha ko’rishi uchun bosib do’stlaringiz bilan bo’lishishni unutmang
957 views16:19
Ochish/sharhlash
2022-07-07 19:19:31
948 views16:19
Ochish/sharhlash
2022-06-13 16:33:07
Nimadir rejadagidek bo‘lmadi...

Ko‘pchilik bilganidek, turk oshxonasi taomlari juda oz vaqt va kuch talab etadi, ammo juda mazali bo‘lib chiqadi. Va dastlab, kursimiz ayollar o‘zlari uchun vaqt ajratishlari va kun bo‘yi oshxonada faqat ovqat pishirish bilan band bo‘lmasliklari uchun ishlab chiqilgan edi.

Bitta investitsiya = doimiy daromad

Kursimdagi qizlar nafaqat turk oshxonasi taomlarini tayyorlashni o‘rganishdi, balki tadbirkor ayollarga ham aylanishdi, men ular bilan juda faxrlanaman Shu bilan birga, turk shirinliklariga nafaqat O‘zbekistonda, balki Amerikada ham buyurtmalar kela boshladi)
Jarayon qanday bo‘ldi: mehmonga taklif etishgan, ular o‘zlari bilan nima olib borishni bilishmagan, turk shirinliklarini tayyorlashgan, barcha mehmonlarga manzur bo‘lgan va mijozlar ham qarabsiz-ki tayyor!

Eslatib o'tmoqchiman, kursga yozilish uchun oxirgi joylar qoldi. Batafsil ma'limot uchun kommentariyaga "kurs" so'zini yozing
3.4K viewsedited  13:33
Ochish/sharhlash