Get Mystery Box with random crypto!

Biskvit hikoyasi… Bir necha yillar ilgari tort tayyorlashdan | Madina Mumtoz Kanali

Biskvit hikoyasi

Bir necha yillar ilgari tort tayyorlashdan bezor edim. Sababi, har bir tayyorlagan taom-u shirinliklarim osongina o'xshasa, tort biskviti hech o'xshamas edi Hayolimda tort alohida e'tibor va mehr talab qiladigandek edi. Hullas, tort tayyorlashga qo'rqar edim

O'sha paytlar, meni yaqin dugonam pishiriq kurslarini olib borar edi. Bir kuni shu dugonam o'zining tort tayyorlash bo'yicha master klassiga taklif qildi. Men albatta bordim va o'sha yerda qo'rquvlarim chippakka chiqdi "Ustozim" qo'l ostida barcha sirlarini bilib oldim. Uyga kelishim bilan o'rganganlarimni ishga solib, bir zumda tort qilib ko'rdim. Ishonasizmi, biskvitlari baland bo'lib, tortim juda chiroyli chiqdi

Bu bilan men nima demoqchiman?

Siz nimadandir qo'rqayotgan bo'lsangiz, bilingki, bu bilimingiz yetarli darajada emasligidan bo'ladi. Butun umrimiz davomida bilim olib, tajriba yeg'ishimiz mumkin. Lekin bunday qiladigan bo'lsak vaqtdan yutqizishimiz aniq. Bizdan chaqqonroq va epchilroqlar bizning o'rnimizga yuksak marralarga erishishgan bir paytda biz tajriiba orttirib yurgan bo'lamiz. Buni oldini olish uchun ustozlarga murojaat qilishga tortinmasligimiz kerak. Bizning savollarimizga ustozlar tezda javob berishadi va o'rganmoqchi bo'lgan yo'nalishimizga to'g'ri yo'llarini ko'rsatishadi. Axir, "Bilmaganni so'rab o'rgangan olim, orlanib so'ramagan o'ziga zolim" - deb bejizga aytishmaydiku