Get Mystery Box with random crypto!

Kelilar yana yoshligimga qaytamiz U paytlarda internet rivo | Madina Mumtoz Kanali

Kelilar yana yoshligimga qaytamiz

U paytlarda internet rivojlanmagandi. Kitoblardan va qo’shnilardan yangi retseptlarni qarab tayyorlashga urinar edim Ishonasizlarmi, 12 yoshimda, ovqat yeyish uchun Xitoy cho'plarini qidirardim Ayniqsa Tangem serialni ko’rganimdan keyin (kim yana sevib tomosha qilgan, kommentariyada yozib qoldirilar, ko'ramiz nechtaligimizi ) O’ylab qarasam, o'sha paytlardanoq boshqa davlatlar oshxonasiga qiziqishim uyg'ongan ekan

Taomlar tayyorlayotganda, doim qandaydir yangilik kiritgim kelardi. O’zim tatib ko’rgan oddiy ovqatlarga ziravorlar, qo'shimchalar qo'shib yangi maza kiritgim kelar edi. Hattoki, oddiy Roltonni ham shunchaki tayyorlamasdan, suviga chim-chi karom bilan uni suvini solib tayyorlagandim. Mazasi achchiqqina chiqqan , yangilik qildim deb juda xursand bo'lganman

Keyinchalik bilsam, Koreys oshxonasida shunday taom bor ekan