Get Mystery Box with random crypto!

Oʻzbekiston Respubikasi davlat mustaqilligining 31 yilligi mun | Madaniyat.uz I Rasmiy kanal

Oʻzbekiston Respubikasi davlat mustaqilligining 31 yilligi munosabati bilan Toshkent viloyatida “El aziz, inson aziz” shiori ostida bayram tadbiri oʻtkazildi

Bayram Toshkent viloyatining markazi – Nurafshon shahrida joylashgan “Nurafshon smart city” hududida yangidan barpo etilgan “Amfiteatr”da yuqori saviyada tashkil etildi. Ushbu tadbirga jami 3000 nafar tomoshabin va 2000 nafarga yaqin ishtirokchi qatnashdi.

Tadbirni Toshkent viloyati hokimi Zoir Mirzayev Toirovich ochib berib, viloyatda bo’layotgan bunyodkorlik ishlari hamda turli sohalarda erishilayotgan yutuqlar to’g’risida so’zladi va viloyat aholisini bayram bilan qizg’in tabrikladi. Shundan so’ng ijodiy guruh tomonidan tayyorlangan bayram tadbiri yig’ilganar e’tiboriga havola etildi. Tadbirga O’zbekiston xalq hofizi Soyibjon Niyozov, O’zbekiston xalq artistlari Elmurod Axmedov, Furqat Ashuraliyev, O’zbekiston va Qoraqalpog’iston xalq artisti Jenisbek Piyazov, O’zbekiston xalq artisti Nasiba Abdullayeva, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan artistlar: Abrurashid Yo’ldoshev, Yaxyobek Mo’minov, Muxsimbek Mo’minov, Nihol davlat mukofoti sovrindorlari: Gulzoda Xudoynazarova, Malika Egamberdiyeva, estrada xonandasi Yorqinxo’ja Umarov, O’zbekiston davlat filarmoniyasi Toshkent viloyati bo’linmasi rahbari Sharofiddin Murodov hamda filarmoniya xonandalari, sozandalari, raqqosalari ishtirok etdilar.

Shuningdek tantanali tadbirda viloyatda faoliyat yuritayotgan madaniyat markazlarida tashkil etilgan badiiy jamoalar hamda bolalar musiqa va san’at maktablarida tahsil olayotgan o’quvchilardan iborat ishtirokchilar qatnashdi.

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube