Get Mystery Box with random crypto!

“Bir safda bir kuchmiz” Yakkasaroy tumani madaniyat bo‘limi t | Madaniyat.uz I Rasmiy kanal

“Bir safda bir kuchmiz”

Yakkasaroy tumani madaniyat bo‘limi tomonidan “Bir safda bir kuchmiz” loyihasi doirasida "Bir safda" deb nomlangan festivalning tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Festivalda Yakkasaroy va Sergeli tumanlari Nogironlar jamiyatining aʼzosi yaqinlari ishtirok etishdi. Festival 7 yoshdan yuqori bo‘lgan imkoniyati cheklangan isteʼdodlar oʻrtasida quyidagi 6 yoʻnalishda oʻtkazildi:

estrada xonandaligi;
mumtoz qo‘shiqlar ijrochiligi;
cholg‘u ijrochiligi;
tasviriy va amaliy sanʼat;
raqs sanʼati;
aktyorlik mahorati
.

Festival davomida estradamiz yulduzlari Aziz Rametov, SanJay, G'aybulla Tursunovlar qalbga yaqin qo'shiqlar kuylashdi. Festivalda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan yoshlar Toshkent shahar bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdilar, barcha ishtirokchilarga esdalik sovg'alar taqdim etildi.

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube