Get Mystery Box with random crypto!

​Telegram akkauntlarini ommaviy oʻgʻirlash holatlari koʻpaydi | 𝙈𝙪𝙝𝙖𝙢𝙢𝙖𝙙𝙟𝙤𝙣𝙪𝙫_

Telegram akkauntlarini ommaviy oʻgʻirlash holatlari koʻpaydi

Firibgarlar soxta havola orqali foydalanuvchi profilini qoʻlga kiritmoqda.

17-dekabr kuni Telegram foydalanuvchilari profillarini noqonuniy egallab olishga urinishlar koʻpaygani kuzatildi.

Firibgarlar ishlatayotgan usul taxminan quyidagicha: foydalanuvchi oʻz kontaktlaridan biridan sovgʻa – Telegram Premium’ga obuna boʻlish haqida xabar olishi mumkin. Akkaunt egasi xabardagi tugmani (yoki havolani) bosadi, shundan soʻng u Premium obunani «faollashtirish» uchun avtorizatsiya kodini oladi. Foydalanuvchi kodni kiritadi, oqibatda firibgar uning akkauntini oʻz kompyuterida ochadi. Shundan soʻng, oʻgʻirlangan akkauntdan bu xabar kontaktlar roʻyxatidagilarga joʻnatiladi. Oqibatda, akkauntlarning ommaviy oʻgʻirlanishiga yoʻl ochiladi.

Mutaxassislar Telegram foydalanuvchilarini ikki faktorli autentifikatsiyadan foydalanishga chaqirmoqda, bunda hatto kodni kiritgandan keyin ham tajovuzkorlar faqat akkaunt egasi biladigan parolni kiritishi kerak boʻladi.

Avvalroq firibgarlar Telegram akkauntlarini oʻgʻirlash uchun turli tanlovlarda ishtirok etish taklif qilingan havolalar joʻnatayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Yaqinlaringizni ham ogohlantiring!

@M_R_ITHAYOTI