Get Mystery Box with random crypto!

Xorijiy tillar

Telegram kanalining logotibi lpa_uzb — Xorijiy tillar X
Telegram kanalining logotibi lpa_uzb — Xorijiy tillar
Kanal manzili: @lpa_uzb
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 6.18K
Kanalning ta’rifi

🌎Xorijiy tillarga oid so’nggi yangiliklar
📍Tanlov va musobaqalar
📍Ta’lim bo’yicha maslahat va grantlar

Ratings & Reviews

3.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 3

2022-07-07 10:45:46
Agentlikning Andijon viloyat hududiy vakilligi tomonidan viloyatning Marhamat tumani hokimligi bilan birgalikda xalq taʼlimi tizimida faoliyat olib borayotgan direktorlar hamda milliy va xalqaro sertifikatlarga ega bo'lmagan xorijiy til fani o'qituvchilari hamda tashkilot rahbarlari uchun seminar tashkil etildi.

Shuningdek, seminarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 19-maydagi 5117-sonli qarorida belgilangan vazifalar ijrosini joylarda to‘g‘ri tashkil qilish bo'yicha manzilli rejalar belgilab olindi.

Xorijiy tillarni oʻrganishni ommalashtirish Agentligining rasmiy sahifalariga ulaning

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube|
602 views07:45
Ochish/sharhlash
2022-07-07 08:16:33
Agentlikning Surxondaryo viloyat hududiy vakilligi tomonidan viloyatda xalqaro til bilish sertifikatining C1 darajasiga ega chet tili fani o‘qituvchilarining qamrovini oshirish maqsadida Termiz shahar, Bandixon, Boysun hamda Oltinsoy tumanlaridagi umumtaʼlim muassasalarida faoliyat yuritayotgan chet tili fani o‘qituvchilariga TKT (Teaching Knowledge Test) bo‘yicha mock sinovi o‘tkazildi.

Ushbu sinov jarayonlari orqali o‘qituvchilarning ta'til davrida o‘z hududlarida xalqaro darajadagi test jarayonlariga tayyorlash uchun tashkil etilgan o‘quv kurslarida olgan bilimlari mustahkamlandi va joriy yilning iyul oyida Termiz shahrida o‘tkaziladigan TKT testi muhitiga oldindan moslashish imkonini berdi.

Xorijiy tillarni oʻrganishni ommalashtirish Agentligining rasmiy sahifalariga ulaning

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube|
1.1K views05:16
Ochish/sharhlash
2022-07-06 14:21:15
Xorazm viloyatida tashkil etilgan 14 ta LLL ( Language learning lab) erkin muloqot maydonchalari uchun zarur mebellarni yetkazish ishlari davom etmoqda.

Xorijiy tillarni oʻrganishni ommalashtirish Agentligining rasmiy sahifalariga ulaning

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube|
1.2K views11:21
Ochish/sharhlash
2022-07-06 12:22:48
TKT imtihonining barcha modul testlarini topshirgan o'qituvchimiz Agentlik hamda test jarayonlari haqida o'z fikrini bildirdi

Xorijiy tillarni oʻrganishni ommalashtirish Agentligining rasmiy sahifalariga ulaning

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube|
1.9K viewsedited  09:22
Ochish/sharhlash
2022-07-06 10:14:47
Agentlikning Navoiy viloyat hududiy vakilligi xodimlari viloyatning Xatirchi tumaniga tashrif buyurdilar.

Tashrif davomida tumandagi 7-IDUMda tashkil etilgan LLL (erkin muloqot maydonchasi) xonasi faoliyati o'rganilib, yo'l qo'yilgan kamchiliklar Xatirchi tumani Xalq ta'limi boshqarmasi mudiri, xorijiy tillar metodisti hamda maktab direktori ishtirokida o'zaro muhokama qilindi.

Shuningdek, tumanning chet tillari fani o'qituvchilari uchun seminar-trening tashkil qilindi. O'qituvchilarga Linguaskill hamda TKT imtihonlari haqida batafsil ma'lumot berilib, seminar so'nggida ishtirokchilar Agentlik tomonidan taqdirlanishdi.

Seminardan so'ng, 30 nafar pedagog mock imtihonida ishtirok etishdi va o'z bilimlarini sinab ko`rishdi.

Xorijiy tillarni oʻrganishni ommalashtirish Agentligining rasmiy sahifalariga ulaning

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube|
1.3K views07:14
Ochish/sharhlash
2022-07-06 08:39:09
Аgentlikning Fargʼona viloyat hududiy vakilligi hamda Xalq taʼlimi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazi bilan birgalikda Yozyovon tumaniga tashrif buyurishdi. Tumandagi rus tili fani bo'yicha trener-oʼqituvchilarning Аgentlik tomonidan berilgan 10 xil turdagi kitoblar toʼgʼrisida fikrlari tinglandi va taqrizlar olindi.

Shuningdek, tumandagi 36-sonli umumta'lim maktabida tashkil etilgan LLL (Erkin muloqot maydonchasi) faoliyati bilan tanishilib, xorijiy til mashgʼulotlarida foydalanish uchun metodik qoʼllanmalar, kitoblar jamlanmasi taqdim etildi.


Xorijiy tillarni oʻrganishni ommalashtirish Agentligining rasmiy sahifalariga ulaning

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube|
1.2K views05:39
Ochish/sharhlash
2022-07-05 14:46:46
Сегодня при содействии Представительства Россотрудничества впервые в истории Узбекистана состоялся выпуск педагогов-тренеров русского языка!

В течение 6 месяцев участники программы "NOTTA TERRA" готовились стать первыми в стране мастерами-тренерами русского языка, и сегодня 66 преподавателей наконец-то получили сертификаты, подтверждающие их статус педагога-тренера русского языка.

Кроме того, на мероприятии был проведен конкурс на определение лучшего специалиста русского языка, итогом которого стало присуждение победителям звания "Филолог года". Каждый обладатель призового места получит от Русского дома по 200 экземпляров методических и учебных пособий.

Ссылка на официальные страницы Агентства по популяризации изучения иностранных языков

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube |
4.7K viewsedited  11:46
Ochish/sharhlash
2022-07-05 12:40:17
O'zbekistonda ilk bor! Bakalavr va magistraturaga hujjat topshirayotganlar diqqatiga!

Kirish imtihonlariga oz qoldi, sizda hali ham sertifikat yo'qmi?

Hali imkoniyat bor! Siz uchun O'zbekistonda tan olingan xalqaro darajadagi turk tilini bilish darajasini baholovchi AYDIN TÖMER testini taqdim etamiz! AYDIN TÖMER testini topshiring va ko'plab imkoniyatlarga ega bo'ling!

Agentlik tomonidan AYDIN TÖMER testini topshirish uchun ro'yxatdan o'tish boshlandi!

Eslatib o'tamiz, ushbu sertifikat oliy ta'lim muassasalariga kirish imtihonlarida va xalq ta'limi tizimida rasman tan olinadi va imtiyozga ega!

Imtihon 19-20-iyul kunlari bo'lib o'tadi!

Shoshiling!

Ro'yxatdan o'tish uchun havola

Ma'lumot uchun: +998-71-200-07-99
Telegram bot: @lpa_yordam

Xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish Agentligining rasmiy sahifalariga ulaning

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube|
1.9K viewsedited  09:40
Ochish/sharhlash
2022-07-05 11:33:18
Agentlikning Toshkent shahar vakilligi tomonidan umumta’lim maktablarida xorijiy tillardan ta’lim sifatini hamda o‘quvchilarning xorijiy tillarni o‘rganishga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish maqsadida tashkil qilingan "Xorijiy tillarda tanlovlar oyligi" doirasida o‘tkazilgan ko‘rik-tanlovlar g‘oliblari bo‘lgan yuz nafarga yaqin o‘quvchilarga diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Xorijiy tillarni oʻrganishni ommalashtirish Agentligining rasmiy sahifalariga ulaning

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube|
1.3K views08:33
Ochish/sharhlash