Get Mystery Box with random crypto!

Agentlikning Farg'ona viloyat hududiy vakilligi viloyat Kasbiy | Xorijiy tillar

Agentlikning Farg'ona viloyat hududiy vakilligi viloyat Kasbiy ta'limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi tomonidan tashkil etilgan Ta'lim forumida ishtirok etdi.

Forum davomida viloyatning Uchko'prik tumanida joylashgan 2-sonli kasb-hunar maktabida Agentlik tavsiyasiga asosan jihozlangan "Til o'rganish markazi"ning ochilish marosimi bo'lib o'tdi.

Tadbir ishtirokchilari mazkur til markazida kasb-hunar maktabi o'quvchilari va til o'rganishni xohlovchi mahalliy aholi uchun nemis, ingliz va rus tillarini chuqur o'rganishlari uchun imkoniyat yaratilganligiga guvoh bo'lishdi.

Xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish Agentligining rasmiy sahifalariga ulaning

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube|