Get Mystery Box with random crypto!

𝗬𝗼'𝗾𝗹𝗶𝗴𝗶𝗺𝗻𝗶 𝗵𝗮𝗱𝘆𝗮 𝗲𝘁𝗮𝗺𝗮𝗻 Bu dunyoda borligim agar Kelib qol | Hayotni kuzatib...

𝗬𝗼'𝗾𝗹𝗶𝗴𝗶𝗺𝗻𝗶 𝗵𝗮𝗱𝘆𝗮 𝗲𝘁𝗮𝗺𝗮𝗻

Bu dunyoda borligim agar
Kelib qolsa birovga malol.
Hayotida qolib netaman,
Yuragimdan sugʻurib darhol,
Yoʻqligimni hadya etaman!

Demak... Demak... Soʻnggi on kelgan,
Men tomondan tugab bitgan naf!
Xohishlari mayli ketaman
Mehr izlab bosh oqqan taraf,
Soʻng yoʻqligim hadya etaman!

Suv ustida dor qurib yurgan
Eh, odamlar oʻzicha dohiy,
Yolgʻon roʻyo , tugar kutaman ,
Va lek albat sizga abadiy
Yoʻqligimni hadya etaman!

#Raxshona Muslixiddinova

@shirin_anduhlarim