Get Mystery Box with random crypto!

Ey Miskin! U kun amallaring sahifasiga boqib, nomai a'molingni | lovely_books1

Ey Miskin! U kun amallaring sahifasiga boqib, nomai a'molingni savob ishlardan xoli kõrasan. Axir sen qancha amallar qilgan eding, savob uchun qanchalar ter tõkkan eding. Shunda sen: "Qani, qayerga ketdi mening yaxshi amallarim?" deb zorlanasan. "Sening savoblaring mazlum da'vogarlar sahifasiga õtkazildi" deya javob beriladi. Sahifang gunohlar bilan tõlganini kõrasan. Holbuki, sen bu gunohlardan tiyilish uchun qanchalar mashaqqat chekkansan. "Ey Robbim, axir bu gunohlarni men qilmaganman-ku" deysan. "Ha, bu sendan aldangan, sen sõkkan, sendan yomonlik kõrgan, qõshnichilik, suhbat, munozara va boshqa muammolarda sendan zulm kõrgan qavmning gunohlaridir" deyiladi.
Imom Ğazzoliy

@lovely_books1...