2022-09-23 13:56:05
Bank kartasi bankomatda qolib ketganda nima qilish kerak?Bankomatdan foydalanish jarayonida, turli sabablarga ko‘ra bank kartasini qaytarmaslik holatlari yuzaga kelishi mumkin.
Misol uchun:
pin kod ketma-ket uch marta noto‘g‘ri kiritilgan;
bank kartasining amal qilish muddati tugagan yoki bloklangan;
bank kartasiga zarar yetkazilgan;
bank kartasi o‘z vaqtida qaytarib olinmagan;
bankomat texnik nosoz holatda va boshqalar.
Bankomatlarda texnik xizmat ko‘rsatuvchi mas’ul bank xodimi telefon raqamlari ko‘satilgan bo‘ladi. Agar Siz bankomatdan foydalanish jarayonida yuqorida ko'rsatilgan holatlarga duch kelsangiz bank xodimi bilan bog'lanishingiz lozim.
Muhim eslatma! Bank kartasini bankomatdan o‘zingiz olishga urinmang! Bankomatga zarar yetkazsangiz, bank yetkazilgan zararni qoplashni talab qilishga haqli.
————
Facebook | Instagram | xb.uz | Youtube | Telegram
2.2K views10:56