Get Mystery Box with random crypto!

AKSIYADORLIK TIJORAT XALQ BANKINING «SHARQONA LOTTO» SONLI, PU | lotereyauz (Rasmiy kanal)

AKSIYADORLIK TIJORAT XALQ BANKINING «SHARQONA LOTTO» SONLI, PUL-BUYUM YUTUQLI LOTEREYASI «36 DAN 6» O‘YINI ISHTIROKCHILARI DIQQATIGA!!!

O‘zbekiston Respublikasi aksiyadorlik tijorat Xalq banki bankning lotereya o‘yinlarini tashkil etish va o‘tkazish yo‘nalishidagi faoliyatining tugatilishi munosabati bilan, joriy yil 28-dekabr kuni «Sharqona lotto» sonli, pul-buyum yutuqli lotereyasi «36 dan 6» o‘yinining yakuniy 305-yutuqlar tiraji o‘tkazilishini ma’lum qiladi.

Bunda, lotereyalar faoliyatini tashkil etishga litsenziyalovchi organ tomonidan tasdiqlangan «O‘zbekiston Respublikasi aksiyadorlik tijorat Xalq bankining «Sharqona lotto» sonli, pul yutuqli lotereyasi «36 dan 6» o‘yinini o‘tkazish Shartlari»ga ko‘ra, so‘nggi yutuqlar tirajida yig‘ilgan yutuq fondi lotereya ishtirokchilari o‘rtasida to‘liq o‘ynatiladi.

Lotereyaning yakuniy 305-yutuqlar tirajida yutuq fondining kategoriyalari bo‘yicha taqsimoti quyidagi tartibda amalga oshiriladi:

Yutuq fondining I–kategoriyasida o‘ynalishi e’lon qilingan «JACK POT» summasiga mazkur tirajda ishtirok etish uchun LBMT dasturiy ta’minotida ro‘yxatdan o‘tkazilgan o‘yin kombinatsiyalari bo‘yicha tushumlarning o‘yinni o‘tkazish Shartlari asosida yutuq fondining I–kategoriyasi uchun shakllangan mablag‘lar qo‘shiladi va yutuq fondining I–kategoriyasi bo‘yicha «JACK POT» yutug‘i sifatida o‘ynatiladi.

Agarda, yutuq fondining I-kategoriyasi bo‘yicha yutuqli kombinatsiyalar aniqlanmasa, yutuq fondining I-kategoriyasida yig‘ilgan mablag‘ II-kategoriyadagi yutuq fondiga;

Agar I va II-kategoriyalar bo‘yicha ham yutuqli kombinatsiyalar aniqlanmasa, u holda yutuq fondining I va II-kategoriyalarida yig‘ilgan mablag‘ III-kategoriyadagi yutuq fondiga o‘tkaziladi va to‘liq o‘ynatiladi.

Shuningdek, mazkur tirajda yutuq fondining maxsus kategoriyasi bo‘yicha yig‘ilgan yutuq fondi summasi qoldig‘i III-kategoriyadagi yutuq fondiga qo‘shiladi va to‘liq o‘ynaladi.

LOTEREYANING BARCHA ISHTIROKCHILARIGA OMAD TILAYMIZ.

O‘YIN TASHKILOTCHISI.

НА РУССКОМ ЯЗЫКЕ