Get Mystery Box with random crypto!

NEGA INSONLAR O'ZLARINI SEVISHMAYDI?! Jamiyatimiz odamlari o' | PSIXOLOGIYA

NEGA INSONLAR O'ZLARINI SEVISHMAYDI?!

Jamiyatimiz odamlari o'zlarining omadsizliklarida kimnidir ayblashga o'rganib qolishdi. Boshqalar bo'lmasa, unda o'zlarini tinch qo'yishmaydi. Inson o'zining haqiqiy va o'ylab topilgan kamchiliklarini ko'radi, sabablar to'qiydi, ammo muammoni hal qilishga u qadar shoshilmaydi. “Men o'zimga shuqadar ishonchsizmanki, ishimda ham mansabimni oshirishmaydi”, “men semizman, shuning uchun meni sevadigan odam yo'q”, ”Odamlar bilan chiqishib keta olmayman, balki shuning uchun do'stlarim ham yo'qdir”.

Umuman olib qaraganimizda, ruhiy mazoxizm zamonaviy odamlarning sevimli mashg'ulotiga aylanib qolgan.

Biz.., bizga shartlar qo'yadigan jamiyatda yashaymiz. Masalan, hech narsaga qaramasdan ozg'in, chiroyli qad-qomatga ega bo'lish, yaxshigina ishda ishlash, chiroyli mashinada yurish, chet elga chiqish, mashxurlik, mavqe haqida qayg'urish. Axir baxt va talablar hammada har xilku! Kimdir shirin narsalarni, kimdir insonlar davrasida bo'lishni, yana kimningdir uchun eng yaxshi xordiq – dalahovlidagi gullar ifori bo'lishi mumkin.

Dadil va realist insonlar esa yuqoridagi “standart”larni eshitib beixtiyor kulgiga beriladilar. O'ziga yetarlicha baho bera olmaydiganlar esa ushbu talablarga qattiq yopishib oladilar. Ular uchun atrofdagilarning e'tibori birinchi o'rinda turadi. Hamma kabi bo'lish – qulay albatta, lekin, o'zligingiz qayoqqa ketdi?!

OTA – ONA MEHRI YETISHMOVCHILIGI

Odatda ruhan sog'lom ota – onalar farzandlarini jonlaridan ortiq sevadilar. Biroq ularda farzand psixikasiga ta'sir o'tkazuvchi shaxsiy kamchilik va muammolar bo'lishi ehtimoldan holi emas. Masalan, o'ta e'tiborli onalar farzandlariga kuniga 100 martadan qo'ng'iroq qilib qayerdaligi, nima bilan bandligini so'rashi mumkin. Asabiy ota – onalar esa stress va turli og'ir vaziyatlarini alamini farzandlaridan oladi. Qonun va ta'qiqlar kayfiyatga qarab kundan – kunga o'zgarib boraverdi. Balog'at davrida bola ushbu omillarga javoban yig'lashi, achchiqlanishi mumkin, ammo uning ongida “men ota – onam mehriga, muhabbatiga loyiq emasman” degan fikr uyg'onadi. Huddi mana shundan keyin o'zini sevmaslik “kasal”i boshlanadi.

QANDAY QILIB O'ZIMIZNI SEVISHIMIZ MUMKIN?

O'zlikni sevish, eng avvalo tushunish kerak bo'lgan narsa – ortiqcha o'zini tanqid qilish – normal holat. O'zingizga to'g'ri baho berishni qandaydir mashqlar yordamida sun'iy yo'llar bilan o'rganishga urinmang. Aynan muammo nimadaligini anglab yetish eng muhimi. Aks holda siz boshqalar bilan ishi bo'lmaydigan, faqat o'zi bilan mashg'ul inson – egoistga aylanib qolishingiz hech gap emas.

O'zingizni eshitishni o'rganing.

Agar muammoingiz mukammallikka intilish bo'lsa, eslab qoling, komil, mukammal narsalarning o'zi yo'q. Begonalarning xohish – istaklarini bajarish o'rniga o'zingizni tinglashni o'rganing. O'zingizga qarshi bormaslikka intiling. Barini kichik narsalardan boshlang. Masalan, dugonangiz siz bilan har dam olish kunlari shopingga boorish an'anasi bor. Siz esa, buni unchalik xushlamasligingizni sezdingiz. Siz uchun vaqtingizni uyda yaxshigina kitob mutolaasi bilan o'tkazish yoqimliroq. Bunday vaziyatlarda an'analardan chekingan holda sevimli mashg'ulotingiz bilan mashg'ul bo'ling. Pashshadan fil yasab, “dugonam bilan u istagan joyga bormay unga xiyonat qildim” degan o'y – hayollardan o'zingizni saqlang.

https://t.me/psixologiya_Lola_Arziqulova