Get Mystery Box with random crypto!

'Ulamolar nazdida vaqtning qadri' Yarim kechasi o'rnimdan t | 𝐋𝐨𝐜𝐡𝐢𝐧 𝐈𝐬𝐦𝐨𝐢𝐥𝐨𝐯 | 𝐒𝐡𝐚𝐱𝐬𝐢𝐲 𝐛𝐥𝐨𝐠

"Ulamolar nazdida vaqtning qadri"

Yarim kechasi o'rnimdan turg'izib yuborgan kitob!
Shuni o'qish davomida olgan xulosalarimdan :

1. Bugun amalning kuni, bugun hisob yo'q. Ertaga hisob bo'ladi, lekin amal bo'lmaydi.

2. Mashg'ul bo'lishim emas, balki nima bilan mashg'ul bo'lishing muhim ekan.

3. O'tmish haqida o'ylab lahzalarni yo'q qilish hozirgi vaqtni ham isrof qilishdir.

4. Seni kuning bugun. Kechagi kun o'tdi ketdi, ertaga bo'lasanmi yo'qmi buni ham bilmaysan.

5. Har bir daqiqangda hayoting qissasini yozyapsan. Uni qanday yozish o'z qo'lingda.

6. Yillar o'tyapti. Aksincha ular ortda qolyapti, biz esa o'tib ketyapmiz Chunki yillar raqamlar xolos

7. O'qishni chindan xohlasangiz qulay imkoniyatni kutib umrni zoe qilish kerakmas, bor imkoniyatdan foydalanib qolish kerak.

8. Muhim ishlarni birinchi bajaring !


Bularni uzoq davom ettirish mumkin.
Vaqtingizni qadrlab qolasiz o'qib chiqsangiz )

P.S: Har bir o'tayotgan soniya uchun javob beramiz. Qisqa soniyalarni siz ham yaxshilik ulashish uchun sarflab postni ulashib qo'yarsiz.

Elektron variantini kommentariyaga tashlab qo'yaman kerak bo'lsa. O'zingizni nimalar bilandur band odamday ko'rsatishdan bo'sh vaqtingiz o'qib chiqarsiz


@Lochin_Ismoilov