Get Mystery Box with random crypto!

Dunyoqarashingizga ta'siri bo'lishi mumkin. 'Nega?' bilan bo | 𝐋𝐨𝐜𝐡𝐢𝐧 𝐈𝐬𝐦𝐨𝐢𝐥𝐨𝐯 | 𝐒𝐡𝐚𝐱𝐬𝐢𝐲 𝐛𝐥𝐨𝐠

Dunyoqarashingizga ta'siri bo'lishi mumkin.

"Nega?" bilan boshlanadigan savollarga javob topish osonmas.

Ayniqsa u savollar o'zingiz haqingizda bo'lsa.

Nega kayfiyatim doim har xil ?

* Insonning kayfiyati har doim pozitiv bo'lmaydi. Har doim ko'tarinki kayfiyatda yurish uchun inson kamida ruhiy kasal bo'lishi kerak.

Nega menga maqtovlar yoqadi?

* Balandparvoz gaplar quloqqa yoqimli
eshitilsada, miya uchun kaloriyasiz ozuqadan boshqa narsa emas.


Nega doimo muammolar bo'ladi?

* Muammo deganda faqat salbiy narsalarni o'ylama. Muammo azobli va yoqimli bo'ladi. Bu ikkisini òrtasidagi birgina farq o'zing tanlagan va mas'uliyatni bo'yninga olganing yoqimlirog'idir.


Nega boshqalarga yoqishga harakat qilishim kerak?

* Dunyoni sen bilan 1 tiyinlik ishi yo'q. Ishonayver

( with you with out you)


Nega men bu postni hech kimga yubormasligim kerak?

* Chunki, men faqat o'zimni o'ylayman.
Foydali bo'lgan bo'lsa faqat menga foydasi tegsin. Boshqalargamas


P.S: Yuqoridagilar o'ta shaxsiy fikrlar, xulosani sizga qoldiraman. Aytdimku axir mana bu postni 4-bandida.

Yuqoridagi savollarga boshqacharoq javoblar yoki qarshiliklar yo'qmi hech kimda?

@Lochin_Ismoilov