Get Mystery Box with random crypto!

.

Telegram kanalining logotibi livebelivee — . L
Telegram kanalining logotibi livebelivee — .
Kanal manzili: @livebelivee
Toifalar: Telegram
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 12
Kanalning ta’rifi

"Kitob o'qish bilan dunyoni qutqara olmayman, lekin o'z dunyomdan ozgina bo'lsa ham qutulsam bo'ladi".

Ratings & Reviews

4.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

2

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar

2023-01-05 09:57:16 Ҳаётдаги муваффақиятсизлигинг энг муҳим сабаби барчанинг диққат марказидаман, ҳамма мен билан машғул деб ўйлашингдир. Ишон менга, сен ҳеч кимни қизиқтирмайсан.

Федор Достоевский
9 viewsᎬlyor G'aniboyev, 06:57
Ochish/sharhlash
2023-01-04 11:45:13
Issiqko'l. Qirg'iziston.
Bir kitobga ko'ra Issiqko'l so'zining ma'nosi - " Go'zallar qalbi xiyonatga moyil.." degani ekan.
10 viewsᎬlyor G'aniboyev, 08:45
Ochish/sharhlash
2023-01-03 15:20:51
Quddus!
9 viewsᎬlyor G'aniboyev, 12:20
Ochish/sharhlash
2023-01-03 09:33:30 Ba'zida odamlar ketgandan keyin ham biz bilan qoladilar.
Ba'zan ular qolgan bo'lsa ham, ketishadi.
9 viewsᎬlyor G'aniboyev, 06:33
Ochish/sharhlash
2023-01-03 09:33:17 "Hayotdagi muvaffaqiyatning sirlaridan biri, inson o'z imkoniyati kelganda unga tayyor bo'lishidir".

- Benjamin Disraeli
9 viewsᎬlyor G'aniboyev, 06:33
Ochish/sharhlash
2023-01-02 22:22:22
Silence is better than unnecessary drama.
9 viewsᎬlyor G'aniboyev, edited  19:22
Ochish/sharhlash
2022-12-31 17:19:27 Qishloq odamini o'ldirish kerak.
Bir turk shoirining she'rida shunaqa gap bor.

Qishloq odamining miyasida temir po'stloq bor. Unga biror fikrni mix bilan qoqib singdiraman desang ham, o'sha po'stloqdan o'tmaydi.

Qishloq odami ertalab turadi. Qaraydi hammayoq sovuq. Ish yo'q. Cho'ntagida pul ham yo'q. Ish qidirib ketadi.
Qishloq odamining bilgani pul. Chunki unda hech qachon yetarli pul bo'lmagan. Qishloq odamining birortasi moshina olib qolsa, boshqalari endi moshin olganning og'ziga qaraydi. Qishloq odami uchun yagona status bu pul.
Qishloq odami hokimlikka tayinlangan qarindoshi butun urug'ini boylikka ko'mib tashlamagani uchun qarg'aydi. Undan landavur odam yo'q deb biladi.
Qishloq odamini ko'rganingda yig'laging keladi, dodlaging keladi. Chunki ular eng to'g'ri gapning zig'irchasiniyam qabul qilmaydi. Agar buni puli yo'q odam aytsa. Qishloq odami hayotini uyida necha mahal go'shtli ovqat yeyishi bilan o'lchaydi hayotini. Qishloq odamining ayollari faqat qizlarini erga berish, o'g'illarini uylantirish haqida o'ylaydi - latta puttani o'ylaydi. Bundan boshqa o'ylaydigan o'yi yo'q. Qizlari, kelinlari bir kunda qancha joyni supurgani, qancha o't o'ra olishi, qancha, o'tin yora olishi bilan maqtanadi. Qishloqda erlar kamdan kam o'tin yoradi. Erlar dangasa bo'ladi qishloqda.
Qishloq odamiga achinish kerak deyishadi. Qishloq odamiga achinishadi. Lekin sevishmaydi. Afsus, shaharga ketganlar ham shaharlik emas. Ular ham qishloq odami ruhini olib yuradi ruhida. Ular mansabini, topgan boyligini kelib qishloqda qishloqdoshlariga maqtanishni xohlaydi. Agar shaharda yashab bitta moshin olmagan bo'lsangiz, qishloq odami uchun siz qashshoqdan qashshoqsiz.

Germaniyaga borganimda bir voqeani aytib berishgandi.
Gruziyadan bir ayol nemisga turmushga chiqibdi. Germaniyaga yetib borishgach, ayol erdan " qani sening Ferraring, ikki qavatli uying, brend kiyimlaring" deb g'avgo ko'taribdi. Axir yevropalik. Yevropada odamlar hashamda yashaydi deb o'ylarkan. Erkak unaqa narsalar yo'qligini, oddiy yashashini aytibdi, ayol ajrashib ketgan ekan. Va tashxis shunday bo'lgandiki, "butun sobiq ittifoq davlatlari och va ochko'z. Ular hayotda moddiyatdan boshqa narsa bo'lishini tassavur qilolmaydi."

Endi bizning qishloq odamining johilligi undan 100 karra battar. Iltimos, menga bu odamlarga achinish , ojiz va johil bo'lgani uchun, boshqacja yashashga imkoni bo'lmagani uchun ham sevish kerak demang. Bu odamlar umuman sevib bo'lmaydi. Nafratlanish mumkin ulardan faqat. Ularga hozir biror payg'ambar tushganida va eng to'g'ri gapni aytganida ham agar u dunyoning eng boy odami yo prezident bo'lmaganida , ishonmasdi. Siz vor v zakon bo'ling, yolg'on gapirib, va odamlarni ezing, puling bormi, qishloq odami uchun eng sevimlisiz.

Turklar to'g'ri aytadi.
Qishloq odamini o'ldirish kerak.
Lekin afsus bizning shaharlarimiz ham to'la qishloq odamlari - ruhi qishloq odami. Johilligimiz qishloqniki. Shu qadar johilmizki, miyamiz po'stlog'i temirdan. Bu po'stloqdan biror fikr teshib o'tolamaydi. Shunday ekan, bu an'ana hali beri davom etaveradi : qizlar sarposi ko'z- ko'z qilinishi va qiz bola bo'lgani uchun "ulardan tezroq qutilish" maqsadida erga beriladi, erlar moshin olish uchun yashaydi. Bitta moshin olsa bo'ldi, na farzandi tarbiyasi bilan ishi bor, na xotiniga oila ishida yordam beradi. Tv pulti qo'lida . Faqat yotgani yotgan.

Qishloq odamini o'ldirmasak johillik tugamaydi. Bir birini tushinmagan odamlar sevgili gaplasholmaydi. Lekin bu qishloq odami ham O'lmas Kosheyga o'xshaydi
17 viewsᎬlyor G'aniboyev, 14:19
Ochish/sharhlash
2022-12-31 13:38:35 Капитализм ўлимни ҳам бизнесга айлантириб юборади. Дафн бизнеси билан шуғулланган бир мусулмон таниш ҳазиллашиб айтган эди:

-- Ҳар бир маййитдан $1000 фойда қилардим. Шунинг учун тириклар ҳам кўзимга потенциал даромад бўлиб кўринарди.
Фейсбукдан.
17 viewsᎬlyor G'aniboyev, 10:38
Ochish/sharhlash
2022-12-31 08:21:15
Odamlarni azoblardan xalos qilish kerak, agar buni o'zlari istashsa.
Agata Kristi
18 viewsᎬlyor G'aniboyev, 05:21
Ochish/sharhlash
2022-12-28 21:14:31 Яхши китоб ўқимайдиган одамнинг умуман китоб ўқимайдиган одамдан ҳеч қандай устунлиги бўлмайди.

(с) Марк Твен
22 viewsᎬlyor G'aniboyev, 18:14
Ochish/sharhlash