Get Mystery Box with random crypto!

Leon Edwards Kamaru Usmanni ikkinchi marta mag’lub qilib, chem | UFC live

Leon Edwards Kamaru Usmanni ikkinchi marta mag’lub qilib, chempionlikni saqlab qoldi

Londonda UFC 286 turniri o’z yakuniga yetdi. Asosiy jangda Leon Edwards Kamaru Usmanni ochkolar hisobiga mag’lub qildi. Juda yaqin jang. Edwards Usmanni masofada ushladi. Oyoq zarbalari orqali masofadan ochkolarni to’plab bordi. Kamaru esa masofani qisqartirishga intildi, boshqa holatlarda teykdaunlar amalga oshirishga urindi. Biroq, Leon ushbu jangda ham jismonan, ham psixologik tomondan barqarorlik namoyish qildi. Teykdaunlardan himoya, aniq zarbalar hisobiga Leon g’alabani o’ziniki qildi. Leon oktagon “setka”sini ushlagani uchun bir ochkodan mahrum qilindi, ammo Usmanga bu ham yordam bera olmadi. Leon Edwards chempionlikni himoya qila oldi. Kamaru esa jangdan keyin, va nihoyat Edwardsga tan berdi va uni iliq so’zlar bilan maqtab qo’ydi. Edwardsning keyingi raqibi Kolbi Kovington bo’lishi ehtimoli katta.