Get Mystery Box with random crypto!

Jon Jones og’ir vaznda yangi UFC chempioni Vegasda #UFC285 | UFC live

Jon Jones og’ir vaznda yangi UFC chempioni

Vegasda #UFC285 kechasi yakuniga yetdi. Asosiy jangda Jon “Bones” Jones Siril Ganni birinchi raundda bo’g’ib qo’ydi. Juda osonlik bilan. Bunga qadar Jon Jones uch yil jang qilmagandi, o’zi uchun yangi vaznga ko’tarilgandi va Gan ham juda xavfli raqib deyilgandi. Ammo, lekin, biroq… Jon Jones birinchi raunddayoq masalani hal qildi. Mana nega uni ko’pchilik UFCning barcha davrlarning eng kuchli jangchisi deb ataydi. Intervyusidan keyin Jonesning keyingi raqib Stipe Miochich bo’lishi oydinlashdi. Ajoyib, zo’r. Lekin to’kis baxt uchun Frensis Ngannu yetishmayotgandek. Dana Uayt Ngannuga aytgan pulini berib, UFC’ga qaytarsa ajoyib bo’lardi. Jones vs Ngannu, 5 raundlik chempionlik jangi. Barcha davrlarning eng zo’ri va og’ir vaznda ayni damdagi eng yetuk jangchi to’qnashuvi. Zo’r bo’lardi-da!

Yuqoridagi videoda esa Jones echki kabi ovoz chiqarib, GOAT (barcha davrlarning eng zo’ri) ekanligini eslatib qo’ydi