Get Mystery Box with random crypto!

#Rasman Islam Maxachev Aleksandr Volkanovskiga qarshi jang qil | UFC live

#Rasman Islam Maxachev Aleksandr Volkanovskiga qarshi jang qiladi

Yengil vazn toifasi chempioni Islam Maxachev o’z kamarini yarim yengil vazn qiroli Aleksandr Volkanovskidan himoya qiladi. Jang 12 fevral kuni Avstraliyada, UFC 284 turniri doirasida o’tkaziladi. Ushbu qarama-qarshilik yengil vaznda (155 pound) bo’ladi. O’rtaga bitta, ya’ni Islamning kamari tikiladi.

Shunday qilib, Volkanovski o’zidan bitta yuqori divizionga ko’tarilib, ikkita kamarni qo’lga kiritishga bel bog’lagan. Islam Maxachev esa P4P yetakchisini mag’lub etib, promoushnning vazn toifasidan qat’iy nazar eng kuchli jangchisi bo’lmoqchi.

Obuna bo'ling https://t.me/live_UFCtv