Get Mystery Box with random crypto!

Lion | Motivator

Telegram kanalining logotibi lion_motivator — Lion | Motivator L
Telegram kanalining logotibi lion_motivator — Lion | Motivator
Kanal manzili: @lion_motivator
Toifalar: Dasturlar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 5.00K
Kanalning ta’rifi

Sometimes good is not good enough.
Noyob botlar - @firdavs_bots
Admin: @shavkatNor

Ratings & Reviews

5.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

2

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2022-12-22 10:00:33 Bir tishlam motivatsiya!

Seni kecha budilnik qo'yishga majbur qilgan narsa nima? Seni ulkan orzular qilishga majbur qilayotgan narsa nima? Seni kelajakka maqsadlaringni bog'layotgan narsa nima? Seni o'z ustingda ishlab rivojlanishga undayotgan narsa nima?

Umid...
"Umid oxiri o'ladi... Noumid shayton..."
Bolaligingda kim bo'lasan deb so'rashsa, Prezident bo'laman der eding. Ota onamni hajga olib boraman der eding. Limuzin olib beraman der eding. O'sha payt shubhang bormidi?
Stiv Jobs haqida birinchi bor o'qiganingda, "men ham olamni o'zgartiraman" deb qaror qilgan eding.

Orzu...
Do'stim, bilaman Sen dunyoga foydasi tegadigan buyuk inson bo'lishni xohlaysan. Lekin, qattiq xohlamayapsan. Xohishing Seni uxlamasdan harakat qilishga, kitoblar o'qishga, urinib ko'rishga majbur qila olmayapti. Agar, bugun boshlamasang, orzularing yana necha yillar navbat kutarkin ?! Bora bora orzularing soni ham, sifati ham kamayib ketaveradi...

Sen juda ko'p buyuklar tarixini o'rganding.
Unutma tarixni nafaqat o'qishadi, uni yaratishadi ham. O'zini o'zgartira olgan, insonlar qalbiga yo'l topa olgan, tinmay mehnat qilgan Afsonalar o'z tarixini yozadi va qolganlar uni hayrat bilan o'qiydi !

@lion_motivator
821 viewsFirdavs Shodiyev, 07:00
Ochish/sharhlash
2022-12-22 06:30:39 Jaxl shamolga oʻxshaydi. Biroz oʻtib tinadi, lekin qanchadan qancha gullarni toʻkadi.

Jaloliddin Rumiy.

@lion_motivator
717 viewsFirdavs Shodiyev, edited  03:30
Ochish/sharhlash
2022-12-20 21:22:10 Ertaga bugungidan yaxshiroq bo'lishning 16 ta qoidasi.

Televizor ko'rmang, kitob o'qing.

Hech nimaga qaramay oldinga intiling, fikrdamas amalda ham!

Yaxshi g'oya xayolga kelsa, darhol yozib qo'ying.

Kechikyapsizmi, bu haqida ogohlantirib qo'yish yo'lini toping.

Birovlarning orzularini ustidan kulmang.

Sizga pand bergan insonlardan ogoh bo'ling, ular o'zgarishi qiyin.

Ota-onangiz bilan ko'proq vaqt o'tkazing, kun kelib ular mavjud bo'lmasligi, siz esa hech nimaga ulgurmaslingiz mumkin.

Xush muomala zabt etish xususiyatiga ega. Xushmuomala bo'lishni o'rganing.

Xatolaringizni tan olishni o'rganing, aks holda o'ziga bino qo'ygan haykalga aylanib qolasiz.

Hayotdan nolishdan to'xtang! Stop, sizning nolishlaringiz hammasini faqat chigallashtiradi.

G'iybat qilmang.

Juda tushunarsiz va yoqimsiz vaziyatlarda uxlang, yodda tuting, hammasi o'tkinchi.

Juda jiddiy vaziyatlarda ham insonlarning shaxsiyatiga tegmang, vaziyat unutiladi, so'z esa esda qoladi.

Rost gapiring, shunda hech narsani eslab qolishga to'g'ri kelmaydi.

Kun boshida siz uchun eng yoqimli ishlarni bajaring, kun oxirida charchoq ham sizni sevgan ishlardan chalg'ita olmaydi.

@lion_motivator
894 viewsFirdavs Shodiyev, edited  18:22
Ochish/sharhlash
2022-12-20 08:30:00
Жуда таъсирли видео: кўнглидан нималар ўтганини фақат укамиз ўзи билади

Бу видео тармоқларда тарқалди “портлатди”. Тўйда ҳам мусофирдаги дўстини унутишмаган. Аллоҳ барчамизни шундай оқибатли дўстлар билан сийласин.

Хорижда ишлаб юрган барча ака-укалар, опа-сингилларимизга соғлик-саломатлик тилаб қоламиз.

@lion_motivator
873 viewsFirdavs Shodiyev, edited  05:30
Ochish/sharhlash
2022-12-19 17:42:33
Sal futbolga kelsak

@lion_motivator
890 viewsFirdavs Shodiyev, edited  14:42
Ochish/sharhlash
2022-12-19 09:33:42 #justmotivetime


Ertaga erishasan

1. Tengdoshing o’z biznesida katta ishlar qilyapti. Sen esa hali ham oylikdasan.

2. Sahnada turib hammani o’ziga qaratayotgan bola sen emassan. Osmondagi bolalarda intervyu berayotgan ham sen emas.

3. Barcha e’tiboring bugun yutayotganlarga qaratilgan. Ishi o’xshayotganlarga qaratilgan.

4. Shu yerda ikkita yo’l bor. Bugun yutmayotganingdan norozi bo’lish yoki e’tiboringni bugun qilishing kerak bo’lgan ishlarga qaratib, ertaga yutishni maqsad qilish.

5. Oson bo’lmas. Balki ko’p vaqt ketar. Lekin bugun mehnat qilib ertaga yutish, bugun yutmayotgandan xafa bo’lib, ertaga ham hech narsaga erishmaslikdan yaxshiroq.

@lion_motivator
925 viewsFirdavs Shodiyev, edited  06:33
Ochish/sharhlash
2022-12-18 18:45:09 O'sish

Ish joyida hamma o'sishni istaydi, shu sabab ham kuchli jamoada va shaxsiy rivojlanish uchun yaxshi muhit xohlashadi.

Xodimlar boshqaruvida bir qonuniyat bor. Xodim qancha maosh olishidan qat'iy nazar, undan ko'p foyda olib keladi.

Demak o'sish uchun ko'proq qiymat berish kerak, lekin qanday?

Ishxonada turli ishlar bor, standart, bir martalik, operatsion va yangi vazifalar.

Inson o'z vaqtini 3 xil doirada sarflaydi.

1. Faqat ishxona uchun foydali.

Belgilangan, doimiy vazifalar. Hisobotlar, ma'lumot yig'ish, kunlik ishlar va h.k

Qiymatga ega ammo o'suvchan emas. Masalan qo'riqchi vazifasi standart, mehnati qiymatga ega, lekin o'zi uchun foydasiz.

2. Ishxona va siz uchun foydali.

Muammoli, sizdan o'rganish talab qiladigan vazifalar. Siz uchun yangilik bo'lgan ishlar.

Universitetni endi bitirgan kadr tajriba orttirishi bunga misol. Siz va korxona uchun foydali.

3. Faqat siz uchun foydali.

Ishxonadagi vazifaga bog'liq bo'lmagan, erkin o'rganish.

Masalan, til o'rganish, soha bo'yicha kitob o'qish, qo'shimcha "hard skills" egallash. Sizga o'zingizdan qoniqish hisini beradi, lekin qisqa muddatda korxonaga foydasi yo'q.

Kompaniyada o'sishingiz bu sizning shaxsiy rivojlanishingizga to'g'ri proporsianal. 1-holatni o'zi bilan biror nima kutib bo'lmaydi. 2-si yetarli emas. Javob 3-sida!!!

@lion_motivator
886 viewsFirdavs Shodiyev, 15:45
Ochish/sharhlash
2022-12-17 04:40:17
Menga shon shuhrat kerak emas...

@lion_motivator
1.0K viewsFirdavs Shodiyev, edited  01:40
Ochish/sharhlash
2022-12-13 09:43:14 UORREN BAFFET'DAN MUVAFFAQIYAT SIRI!

• Hayotning o'zi sinov. Ba'zan siz muvaffaqiyatsiz bo'lasiz. Ammo muvaffaqiyatsiz bo'lishning yagona usuli - agar siz urinishni to'xtatsangiz.

• Qanday orzu qilsangiz ham, uni haqiqatga aylantirish uchun bor kuchingizni sarflang.

• Agar siz ilgari hech qachon erishmagan natijalarni olishni istasangiz, ilgari hech qachon qilmagan ishlaringizni qilishingiz kerak bo'ladi!

• Agar siz orzuingizdan voz kechsangiz va undan voz kechsangiz, siz hech qachon qanchalik buyuk bo'lishingizni bilmay qolasiz.

• Hech qachon o'zingizga shubha qilmang.
Shubha, muvaffaqiyatsizlikka qaraganda ko'proq orzularni o'ldiradi.

@lion_motivator
1.5K viewsFirdavs Shodiyev, 06:43
Ochish/sharhlash
2022-12-12 22:00:14
Sen uxlab yotgan payting ular xarakat qilishgan xolos...

@lion_motivator
1.4K viewsFirdavs Shodiyev, edited  19:00
Ochish/sharhlash