Get Mystery Box with random crypto!

Aytma! Suhbat qiziq, kimdir qilayotgan yoki qilmoqchi bo'lgan | Lion | Motivator

Aytma!

Suhbat qiziq, kimdir qilayotgan yoki qilmoqchi bo'lgan ishlarini gapiradi. Sen ham nimadir deging keladi, ammo jim, indama!

1. Yillik rejalar, avvalgi yil erishgan va kelasi yil uddalamoqchi bo'lgan ishlar haqida gapirishadi.

2. Inson erishmoqchi bo'lgan ishlar haqida gapirsa, salbiy yoki ijobiy "feedback" oladi.

3. Har ikkisi ziyon. Salbiy fikr motivatsiyani tushiradi, ijobiy bo'lsa o'zingni erishib bo'lganday his qilib, dangasalikka berilasan.

4. Avvaldan katta gapirib, keyin uddalay olmagan odamlarni ko'p ko'rganmiz. Bu tabiiy, gap bilan avvaldan erishgan odam uchun harakat zavq bermaydi.

5. Go'yo xodimga avvaldan pul to'lashdek. Maoshni avval bersang, ish sifati buziladi, chunki u mehnati uchun rag'batni olib bo'ldi.

6. Eng kuchli biznesmenlar ijtimoiy tarmoqda emas, ular o'z kabinetida, tinmay o'z ustida ishlashyapti.

7. Ularning biznes brendi taniqli, o'zlari emas, asl mehnat ham shunda.

8. Sen nima bilan bandligingni hamma bilishi shart emas, sirli bo'l, omma uchun emas, o'zing uchun mehnat qil.

Sirli bo'lsang jarayon sen uchun qiziq bo'lib boradi, jarayondan dofamin olasan. Balki seni o'smayapti deb o'ylashar, lekin vaqt o'tib natija gapiradi.

@lion_motivator